• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi

    Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020-yil 10-avgust kuni fuqaro Sh.Minbayev Chirchiq shahar prokuraturasiga murojaat qilib, Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida ikki tomonlama pnevmoniya va COVID-19 tashxisi bilan og‘ir ahvolda davolanayotgan qarindoshi F.Rustamov 1-avgust kuni Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari tomonidan viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseriga o‘tkazilganligini bildirgan. F.Rustamov 2-avgust kuni sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan. Shu sababli uning qarindoshi aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

    Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik orqasidan odam o‘lishiga sabab bo‘lgan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Aniqlanishicha, bemor F.Rustamovning somatik holati og‘irligi, unda nafas yetishmovchiligi mavjudligi va reanimatsion muolajalarga muhtojligiga qaramasdan, yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori ushbu bemorni og‘ir ahvolda viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilishiga yo‘l qo‘ygan.

    Shu bilan birga, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida F.Rustamov nomiga yuritilgan kasallik tarixida bemor COVID-19 kasalligidan to‘liq tuzalganligi haqida soxta ma’lumot kiritilgan.

    Bundan tashqari, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida jami 100 million so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan.

    Qayd etib o‘tish joizki, Bosh prokuratura tomonidan mazkur ish bo‘yicha 10-sentabr kuni berilgan xabarda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida jami 250,8 million so‘m budjet mablag‘lari rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi ma’lum qilingandi.

    Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva bir necha marotaba tergovga chaqirilganligiga qaramasdan, uzrli sabablarsiz ko‘rsatilgan muddatlarda kelmagan.

    Bosh prokuratura bayonotida aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining mutaxassislari tomonidan 2020-yilning 28, 29-avgust hamda 3, 4 va 8-sentabr kunlari o‘rganish uchun shifoxonaga kirmoqchi bo‘lganida yuqumli kasalliklar shifoxonasi ishchilari Guljahon Yo‘ldoshevaning telefonda bergan topshirig‘iga asosan mutaxassislarni shifoxona hududiga kiritmasdan, o‘rganishga to‘sqinlik qilgan. Bu haqda dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

    2020-yil 8-sentabr kuni shifoxona bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva majburiy tartibda tergovga olib kelinib, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 207-moddasi 3-qismi “a” (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilgan.

    “Ayblanuvchi Guljahon Yo‘ldosheva tergov harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgani, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgani, u tomonidan sodir etilgan jinoyat og‘ir jinoyatlar turkumiga kirishi, shuningdek, uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida protsessual tartibda ushlanib, sudning 9-sentabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, — deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

    Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi bo‘yicha Guljahon Yo‘ldoshevaning konstitutsiyaviy huquqlari to‘liq ta’minlanib, u himoyachi bilan ta’minlangan, unga nisbatan olib borilayotgan barcha tergov harakatlari bevosita himoyachisi ishtirokida amalga oshirilmoqda.

    Ma’lum qilinishicha, Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan 2020-yil 9-sentabr kuni Chirchiq shahar xalq ta’limi bo‘limiga Guljahon Yo‘ldoshevaning qaramog‘idagi olti nafar voyaga yetmagan farzandini ijtimoiy himoya qilish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

    “Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, ayblanuvchi Guljahon Yo‘ldosheva ayol ekanligi, shuningdek, olti nafar voyaga yetmagan farzandning onasi ekanligi inobatga olinib, Bosh prokurorning tashabbusi bilan unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini uy qamog‘i ehtiyot chorasiga o‘zgartirish yuzasidan Chirchiq shahar prokurori tomonidan sudga tegishli iltimosnoma yuborildi va sud tomonidan prokuror iltimosnomasi qanoatlantirildi”, — deyiladi bayonotda.

    Qayd etilishicha, ehtiyot chorasi o‘zgartirilgani Guljahon Yo‘ldoshevadan barcha ayblovlar olib tashlandi, degani emas.

    Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Natijasi bo‘yicha tegishli ayblov xulosasi bilan jinoyat ishi sud muhokamasiga yuboriladi hamda mazkur jinoyat ishi yuzasidan yakuniy qaror sud tomonidan belgilanadi. Jinoyatga jazo muqarrarligi tamoyili to‘liq ta’minlanadi.

    Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 2-oktabr kuni Guljahon Yo‘ldoshevaga qo‘llanilgan ehtiyot chorasiga munosabat bildirib, uning ayol kishi ekanligi va kichkina bolasi borligini e’tiborga olib, hozircha qamoqqa olmaslik mumkinligini aytgandi.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Guljahon Yo‘ldosheva bilan 3-oktabr kuni Ombudsman huzuridagi milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida suhbat tashkil etilgani, vazirlik Guljahon Yo‘ldoshevaning qamoqqa olinganidan tashvishdaligini bildirgandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi — Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi Saida Mirziyoyeva 5-oktabr kuni viloyat bosh infeksionisti bilan bog‘liq ishni kuzatib borayotganini ma’lum qildi hamda prokuraturadan Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab chiqdi.

    Bosh prokuratura 6-oktabr kuni Guljahon Yo‘ldoshevaga qo‘llanilgan hibsga olish to‘g‘risidagi ehtiyot chorasini uy qamog‘iga o‘zgartirish masalasi Chirchiq prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi esa Bosh prokuratura mazkur ish bo‘yicha qamoqqa olish ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirilishi kutilayotganini ma’lum qilib bo‘lganidan keyin prokuratura idoralaridan Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan boshqa ehtiyot chorasini tanlash masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi.

    07.10.2020, 00:23   Izoh (0)   58184
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisasini YPX inspektorisiz rasmiylashtirish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda

    06.10.2020, 23:59

    Shahrisabzda mashinasini jarima maydonidan chiqarish uchun tuman YHXB boshlig‘iga pora berayotgan haydovchi qo‘lga olindi

    06.10.2020, 23:44

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistondagi voqealarga munosabat bildirdi

    06.10.2020, 23:29

    O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi “Oltin daftar”iga kiritilgan vatandoshlar soni yuz kishidan oshdi

    06.10.2020, 22:43

    Toshkent hayvonot bog‘iga karkidon va zebralar olib kelinadi

    06.10.2020, 21:59

    SSV Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘radi. Bungacha Bosh prokuratura shifokor uy qamog‘iga o‘tkazilishi kutilayotganini ma’lum q...

    06.10.2020, 20:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.