• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘iston sobiq rahbarining o‘g‘li, respublika DXX sobiq rahbari. Murat Kamalov haqida

    Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining 2-oktabr kuni bo‘lgan navbatdan tashqari 8-sessiyasida Murat Kamalov Qoraqalpog‘istonning yangi rahbari etib saylandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham qatnashgan sessiyada Oqsoqollar kengashi tomonidan Jo‘qorg‘i Kenges raisi lavozimiga (respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, bu Qoraqalpog‘istondagi eng yuqori lavozimdir) Murat Kamalov nomzodi tavsiya etilgan. Shavkat Mirziyoyev bu nomzodga o‘z roziligini bildirgan. Shundan so‘ng yashirin ovoz berish yo‘li bilan Kamalov Jo‘qorg‘i Kenges raisligiga saylangan. Jarayon Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasining 80-moddasida ko‘rsatilganidek o‘tgan.

    Murat Kamalov.

    Murat Kamalov.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Murat Kamalov 12 kun avval Jo‘qorg‘i Kenges deputati etib saylangan edi. Bungacha, 2020-yil 7-avgustidan beri Prezident huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markaziga direktorlik qilgan. Undan avval, 2018-yildan boshlab, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston bo‘yicha boshqarmasiga boshliq bo‘lgan (2020-yil avgustida Qoraqalpog‘iston DXXga yangi boshliq tayinlangani ma’lum bo‘lgan edi). Maxsus xizmat maktabini tamomlab, mehnat faoliyatini ham 1977-yili Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati)da boshlagan bo‘lsa-da, Kamalov 1987-yildan to 2018-yilgacha boshqa sohalarda faoliyat yuritgan.

    Jumladan, 1987—1990-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasida kichik ilmiy xodim, 1990—1991-yillarda “Konsul” diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish tashkilotida bosh muhandis, 1991—1996-yillarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi huzuridagi “Karakalpakintorg” xorijiy mamlakatlar bilan ishbilarmon hamkorlik uyushmasining Toshkentdagi vakolatxonasida direktor, 1996—2010-yillarda Toshkentdagi Stellor unitar korxonasida boshliq (ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, korxona ulgurji savdo bilan shug‘ullangan), 2010—2018-yillarda “Huquqiy biznes va konsalting agentligi” advokatlik byurosida maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 8-sessiyasida nutq so‘zlamoqda, 2020-yil 2-oktabr.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 8-sessiyasida nutq so‘zlamoqda, 2020-yil 2-oktabr.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Murat Kamalovni ko‘p yillardan beri taniyman. U avvalo halol odam, vatanparvar odam”, — degan Jo‘qorg‘i Kengesning 2-oktabrdagi sessiyasida so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev. U Kamalovning nomzodiga uning “insoniy fazilatlari, fidoiyligi va rahbarlik qobiliyatini hisobga olib” rozilik bildirgan. Prezidentning ta’kidlashicha, Kamalov “qayerda ishlagan bo‘lmasin, qoraqalpoq elining dardi bilan yashagan”. “Eng asosiysi shu. Boshqasi tajriba bilan keladi. U otasi Qallibek Kamalov, marhum Musa Yerniyazov ishlarini davom ettirib, xalqni rozi qiladi, deb ishonaman”, — deb ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti.

    Qallibek Kamalov (chapdan ikkinchi) va Sharof Rashidov (markazda).

    Qallibek Kamalov (chapdan ikkinchi) va Sharof Rashidov (markazda).
    Foto: “Odnoklassniki.ru” / Qaraqalpaqlar

    Murat Kamalovning otasi Qallibek Kamalov 21 yil Qoraqalpog‘istonga rahbarlik qilgan. Qallibek Kamalov 1953—1956-yillarda Qoraqalpog‘iston kommunal xo‘jalik vaziri, 1956—1958-yillarda Qoraqalpog‘iston avtomobil transporti va shosse yo‘llari vaziri bo‘lgan. Keyingi to‘rt yil Qoraqalpog‘iston Ministrlar Sovetiga raislik qilgan, 1963-yilda esa Qoraqalpog‘iston Kommunistik partiyasi birinchi kotibi etib saylangan. Sharof Rashidovning o‘limidan so‘ng, 1984-yilda birinchi kotiblikdan olinib, Ruminiyaning Konstansa shahriga SSSR bosh konsuli qilib yuborilgan. 1987-yilda “paxta ishi”da ayblanib, keyinchalik , 1990-yil iyunida SSSR prezidenti farmoni bilan barcha mukofotlaridan mahrum qilingan. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Sharof Rashidovning o‘g‘li Qallibek Kamalovning qiziga uylangan, Kamalovning o‘g‘li esa Rashidovning jiyaniga uylangan.

    Shavkat Mirziyoyev va Qallibek Kamalov, 2017-yil 7-dekabr.

    Shavkat Mirziyoyev va Qallibek Kamalov, 2017-yil 7-dekabr.
    Kadr: YouTube

    Qallibek Kamalov 2017-yili Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan 91 yoshli Kamalov (hozirda 94 yoshda), jumladan, shunday degandi: “Prezidentimiz qo‘lidan orden olish men uchun ulkan baxt. Bu mukofot bir o‘zimga emas, butun Qoraqalpog‘iston mehnatkash xalqining qahramonona mehnati uchun berilgan orden, deb o‘ylayman. Har bir elning, har bir millatning, har bir mamlakatning o‘sishi, rivojlanishi birinchi rahbarning odamgarchiligi, aqli, ish yurgizish uslubiga bog‘liq. Bir yil ichida bizning suyukli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich do‘st mamlakatlar bilan yaqin bo‘lib, O‘zbekistonning 2017—2021-yillar orasidagi quriladigan ulkan qurilish obyektlariga yetadigan investitsiyani olib keldi. Xalqaro arenada Shavkat Miromonovich dadil qadam tashladi. Bu qadam bilan, Xudo xohlasa, yaqin orada O‘zbekiston eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin oladi”.

    Musa Yerniyazov.

    Musa Yerniyazov.
    Foto: “Daryo”

    Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining avvalgi rahbari Musa Yerniyazov 2020-yil 31-iyul kuni koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan edi. Murat Kamalov Jo‘qorg‘i Kenges raisligiga saylangan Qoraqalpog‘iston tarixidagi to‘rtinchi rahbar bo‘ldi.

    Mavzuga doir: Qoraqalpog‘istonning barcha rahbarlari — bitta suratda

    02.10.2020, 16:43   Izoh (0)   211067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarining qisman an’anaviy shakliga ruxsat berildi

    02.10.2020, 16:26

    Andijonda avtomobilida YTH sodir qilgan IIB xodimi kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi

    02.10.2020, 16:10

    Namanganda MIB xodimlariga norozilik bildirib, o‘zini yoqib yuborib halok bo‘lgan ayol voqeasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    02.10.2020, 15:58

    Toshkentda KfW’ning mahalliy byurosi ochiladi

    02.10.2020, 15:26

    Qoraqalpog‘istonning barcha rahbarlari — bitta suratda

    02.10.2020, 15:10

    O‘zbekistonda hokimlarning barcha qarorlari Milliy qonunchilik bazasiga kiritiladi

    02.10.2020, 14:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.