Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1995-yilda efir yuzini ko‘rgan “Jumanji” filmining suratga olish jarayonida texnik imkoniyatlardan foydalanilgani o‘sha vaqt uchun yangicha yondashuv bo‘lgan. O‘ziga xos sujet hamda Robin Uilyamsning ijrosi sabab mazkur filmga sarflangan puldan 4 baravar ko‘p daromadga ko‘rilgan. Muxlislar uchun sevimli filmlardan biriga aylangan kinoda bola rolini ijro qilgan aktyorlar haqida ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Judi Sheperd — Kirsten Danst

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Suratga olish jarayonida Kristen 13 yoshda bo‘lgan va “Jumanji” u rol ijro qilgan birinchi film bo‘lmagan, u 1994-yilda “Vampir bilan intervyu” filmida Bred Pitt va Tom Kruz bilan birga suratga tushgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Maktabni tamomlaganidan so‘ng aktrisa sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2000-yillardan keyin uning karyerasida yangi bosqich kuzatiladi va bir qancha film — “Qarg‘a”, “O‘rgimchak odam”, “Uimboldon”da suratga tushadi va mashhurlikka erishadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kirsten bugungi kunda xayriya ishlari bilan faol shug‘ullanib keladi. Ayni vaqtda 38 yoshda bo‘lgan aktrisa, oila qurgan va o‘g‘il farzandi bor.

Piter Sheperd — Bredli Pirs

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Bredli bog‘cha vaqtidanoq karyerasini boshlagan, reklama roliklarida suratga tushgan, multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Aktyor sifatida turli seriallar va televizion loyihalarda epizodik rollar ijro qilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Jumanji” filmidagi roli esa ilk ko‘zga ko‘rinadigan rollardan biri bo‘lgan. Shundan keyin unga turli filmlarga rol ijro qilish uchun takliflar kelib tusha boshlagan.

Ammo o‘smirlik davrida unda surunkali depressiya kasalligi kuzatilgani sabab keyinchalik u filmlarda kamnamo bo‘lib qolgan va faoliyatini dublyajda davom ettirgan. “Piter Pen”, “Sohibjamol va maxluq” “Suv parisi” multfilmlari shular jumlasidan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

U turli teleshoularni sahnalashtirish va qisqa metrajli filmlarni suratga olishda o‘zini sinab ko‘rgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

37 yoshda bo‘lgan Pirsning uch nafar farzandi bor va u bugungi kunda biznes bilan ham shug‘ullanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda