AQSh milliy kosmik agentligi (NASA) Northrop Grumman Cygnus xususiy yuk kosmik kemasini fazoga uchiradi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kosmik kema xalqaro kosmik stansiyaga ilmiy tadqiqotlar uchun asbob-uskunalar, kosmetika, ekipaj a’zolari uchun oziq-ovqat hamda qiymati 23 million dollarlik yangi kosmik hojatxonani yetkazib beradi.
Qurilmani rasmiy ravishda “Chiqindilarni boshqarish universal tizimi” (UWMS) deb ataladi.
Ma’lum bo‘lishicha, u hozir Xalqaro kosmik stansiyasida foydalanilayotgan hojatxonadan 65 foizga kichik va 40 foizga yengilroq hisoblanadi.
U ko‘p sonli ekipajlarga mo‘ljallangan va mikrogravitatsiya sharoitida yaroqli.
“Qurilma kosmik hojatxonaning eski modeli shaklida titandan yasalgan. Biroq unga nisbatan ancha yaxshilangan. Masalan, endi fazogir ayollarga unitazdan foydalanish qulayroq bo‘ladi”, — NASA vakillari.
Qayd etilishicha, UWMS xalqaro kosmik stansiyada bir umrga qoladi. Ikkinchi hojatxonada esa astronavtlar Oyni aylanib chiqish uchun foydalanadigan Orion kapsulasiga jo‘natiladi.
Mavzuga doir: Yaponiya 2035-yilda Oyda zavod quradi
Izoh (0)