• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ikkinchi jahon urushi davridagi eng katta ommaviy qirg‘in. Fashistlar Babiy Yarda uyushtirgan qatliom haqida

    1941-yil 29 va 30-sentabrda, ya’ni ikki kun ichida Kiyevning shimoli-g‘arbidagi Babiy Yar jarligida nemis fashistlari tomonidan 33 771 kishi otib tashlangan edi. “Daryo” tinch aholining Ikkinchi jahon urushi paytidagi eng katta ommaviy qirg‘inlaridan biri tarixi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Insoniyat tarixidagi eng katta ommaviy qirg‘in harakatlaridan biri

    Babiy Yar jarligida qatl qilinganlar orasida yahudiylar, sovet harbiy asirlari, lo‘lilar, ruhiy kasalxonalarning bemorlari va partizan kommunistlar bor edi. Ammo ularning juda ko‘p qismi, aniqrog‘i, 30 ming kishi yahudiylardan iborat edi. Babiy Yar jarligidagi qirg‘in insoniyat tarixidagi eng katta ommaviy qirg‘in harakatlaridan biriga aylandi.

    Yahudiy ovi

    Urushgacha Kiyevda 50 mingga yaqin yahudiy yashagan edi. SSSR hududida harbiy harakatlar boshlanishi bilan ko‘pchilik sharqqa, mamlakatning ichki qismiga qochdi, boshqalari frontga ketdi, shaharda qolganlarning aksariyati esa o‘ldirildi. Nemislar Kiyevni egallashi bilanoq yahudiylarni ov qilish boshlandi. Ularni ko‘chalarda, hovlilarda ushlab, kaltaklashdi. Sentabr oyining oxirida shahar bo‘ylab e’lonlar joylashtirildi. E’lonlarga ko‘ra, 29-sentabr kuni barcha yahudiylar Melnikovaya va Dokterivskaya ko‘chalarining burchagiga yig‘ilishi, o‘zlari bilan hujjatlari, qimmatbaho buyumlari va issiq kiyimlar olib kelishi kerak edi. Bo‘ysunmaganlar darhol otib tashlanishi ta’kidlangandi.

    Nima uchun Babiy Yar?

    Nemis qo‘mondonligi tomonidan ommaviy qotillik uchun aynan Babiy Yarning tanlanishiga keladigan bo‘lsak, u yerda tabiiy ariqlar va jarliklar mavjud edi. Bu esa jallodlar uchun ishni osonlashtirdi, minglab jasadlar uchun qabr qazishlariga hojat qolmadi va jasadlarni oson ko‘mib yuborish mumkin deb reja qilindi. Bundan tashqari, bu joy shahar markazidan yetarlicha uzoqlikda edi: qiziquvchan ko‘zlardan panada  va shaharga bu yerdan hech qanday o‘q ovozlari eshitilmasdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘lim korxonasi

    Bu shunchaki otib o‘ldirish emasdi. Bu o‘lim konveyer lentasi edi. Bir necha soat davomida dahshat bilan baqirayotgan odamlar boshlarining orqa qismiga ketma-ket o‘q uzildi. Faqat birinchi kunning o‘zidayoq 20 mingdan ortiq odam otib o‘ldirildi. Bu “o‘lim korxonasi”dagi ishlar bir nechta guruhlar tomonidan nemischa tartib-intizom bilan bajarilardi. Bunda bir guruh nemislar qatlni ijro etish uchun mas’ul bo‘lsa, ikkinchi guruh jasadlarni taxlash uchun, uchinchi guruh qimmatbaho buyumlarni saralash uchun, to‘rtinchisi esa o‘z “navbati”ni kutayotganlarni qo‘riqlash uchun javobgar edi. Bu guruhlarning umumiy nomi “aynzats gruppa” deb atalardi.

    Dahshatli Einsatzgruppen der Sicherheitspolizei

    Fashist Germaniyasi qurolli kuchlari tarkibidagi “aynzats gruppa”lar aynan o‘lim guruhlari sifatida yaratildi. Bosib olingan o‘lkalarda Vermaxtga hamrohlik qilgan ushbu bo‘linmalar hududlarni “keraksiz elementlardan tozalash”da ishlatilardi. Amerikalik tarixchi Timoti Snayderning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy qatlni tashkil qilish va amalga oshirishda nafaqat SD xavfsizlik xizmati va SS vakillarini, balki oddiy nemis politsiyachilari, shuningdek, fuqaroviy idora vakillari, Vermaxtning ofitserlari va oddiy askarlari ham ishtirok etganini anglash juda muhimdir.

    Mahalliy kollaboratsionistlar (nemislar tomonga o‘tgan aholi vakillari) ham nemislarni faol qo‘llab-quvvatladi. Ukrainalik millatchilar ham bu dahshatli fojialarda bevosita ishtirok etdi. Urushdan keyin bo‘lib o‘tgan Nyurnberg sudidan keyin xalq tilida “kichik Nyurnberg sudlari” deb nomlangan bir qator sudlar bo‘lib o‘tdi. Ular “aynzats gruppa”larning faoliyatini alohida tekshirishga bag‘ishlandi. Ba’zi qurolli bo‘linma rahbarlari harbiy jinoyatchilar sifatida sud qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Nyurnbergdagi sudda aybdor deb topilgan Kurt Verner 1941-yildagi Babiy Yar qirg‘ini haqida gapira turib, bu ishlarni amalga oshirish vaqtida nemis ofitserlari juda katta psixologik muammolarga uchraganlari haqida “shikoyat” qildi. Balki fashistlar ushbu jallodlarining nozik asablarini saqlab qolish uchun odamlarni ommaviy qirg‘in qilishning oddiyroq va samaraliroq usullarini qidirgandir, shuning uchun ham Osventsimda asfiksiya qiluvchi kimyoviy gazlar bilan tajribalar o‘tkazilgandir.

    Tarixchi Timoti Snayder ta’kidlaganidek, Babiy Yar Uchinchi reyx rahbariyati uchun nemislarning nimalarga qodir ekanini namoyish etishning o‘ziga xos usuli bo‘ldi: ular ikki kun ichida Yevropaning yirik shaharlaridan biridagi yahudiy aholini deyarli butunlay qirib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Aslida, nemislar tomonidan yahudiylarning yo‘q qilinishi Osventsimning gaz kameralarida boshlanmagandi. Fashistlar tomoniddan 1942-yilda bo‘lib o‘tgan Vanzey konferensiyasida yahudiylar masalasini uzil-kesil hal qilish yo‘llari muhokama qilinayotgan paytda nemislar kamida yarim millionga yaqin yahudiyni qirib tashlashga ulgurgan edi.

    Babi Yardagi qirg‘inlar 30-sentabrdan keyin ham davom ettirildi. Qirg‘inlar endi unchalik katta masshtabda bo‘lmasa-da, doimiy ravishda – Qizil Armiya shaharni ozod qilguniga qadar amalga oshirildi. Babi Yardan keyin boshqa katta shaharlarda ham yahudiylarning qatliomlari davom etdi. Biroq keyinchalik bu fojialarning barchasi kontsentratsion lagerlarda sodir bo‘lgan dahshatlar fonida nohaq unutildi. Masalan, Odessa va Rigada sodir etilgan qatliomlar, ammo bular endi umuman boshqa hikoyalar...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    29.09.2020, 19:35   Izoh (0)   219194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu dahshatli voqea” – BMT bosh kotibi koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1 millionga yetganiga munosabat bildirdi

    29.09.2020, 18:43

    JSST kam va o‘rta daromadli mamlakatlarga koronavirus tahlili uchun 120 million dona tezkor testlar yetkazib berilishini ma’lum qildi

    29.09.2020, 14:13

    Rasmiy Yerevan Ozarbayjon Armanistondagi harbiy qismga zarba berganini ma’lum qildi

    29.09.2020, 13:57

    Svetlana Tixanovskaya Litvada Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

    29.09.2020, 13:27

    Armanistonda 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning mamlakatdan chiqishi taqiqlandi

    29.09.2020, 13:12

    Ozarbayjonda ko‘plab ijtimoiy tarmoq va messenjerlar bloklandi

    29.09.2020, 12:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirol, imperator va valiahd shahzodalar haqidagi mashhur koreys seriallari

    Layfstayl | 23 iyun, 19:50

    AQSH Yevropa Ittifoqida internetni o‘chirishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 19:40

    “Eronga qarshi tajovuz hech qanday asosga ega emas” — Putin

    Dunyo | 23 iyun, 19:30

    Sony “Titanik” filmi syujeti asosida o‘yin ishlab chiqmoqda

    Layfstayl | 23 iyun, 19:20

    Toshkent xalqaro aeroportida kapsulali mehmonxona ochildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 19:10

    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

    Reklama | 23 iyun, 18:00

    Pokiston bilan Hind suv shartnomasi tiklanmaydi — Hindiston

    Dunyo | 23 iyun, 19:03

    Dollar keskin qadrsizlanmoqda: bunga sabab nima?

    Iqtisodiyot | 23 iyun, 18:37

    Saida Mirziyoyeva BMTning Davlat xizmati bo‘yicha xalqaro komissiyasi rahbari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 23 iyun, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.