• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yaman fojiasi. Yaman inqilobi va bugunga qadar tinchimagan ichki urush haqida

    1962-yil 26-sentabrda Yaman davlati tarixini tubdan burib yuborgan voqealar boshlandi. Mamlakatda bir yilning o‘zida inqilob va fuqarolar urushi avj oldi, oqibatda ushbu voqealar Yaman davlatini respublika tuzumiga o‘tishiga olib kelgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    40 yillik shartnoma

    1934-yilda Buyuk Britaniya Yaman bilan mamlakat mustaqilligini tan olinishini ko‘zda tutuvchi shartnoma imzoladi va Yaman mustaqilligini tan oldi. Ushbu shartnomaga muvofiq, bahsli hududlar Angliya qo‘l ostiga o‘tdi. Yamanning yakuniy taqdirini 40 yil ichida, ushbu shartnoma ratifikatsiya qilinganidan keyin belgilashga qaror qilindi va ushbu muddatgacha tomonlar muzokaralar vaqtida mavjud bo‘lgan chegarani tan olishga majbur bo‘ldi.

    Konservativ boshqaruv

    Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin Yaman hukumati arab davlatlari bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi: 1945-yil may oyining boshlarida Yaman Arab Ligasi paktiga qo‘shildi. Ichki siyosatga kelsak, Yaman qiroli va imomi Yahyo mamlakatni iloji boricha tashqi dunyodan sun’iy ravishda ajratib turdi. U har qanday yangiliklarni, islohot va o‘zgarishlarni g‘arb ta’sirining natijasi deb bilardi, ularda chet elliklarning mamlakat iqtisodiyotidagi muhim pozitsiyalarni egallab olishlari hamda mavjud davlatchilik asoslariga putur yetkazishlari xavfini ko‘rardi.

    Mamlakatda birorta ham siyosiy yoki jamoat tashkiloti bo‘lmagan. Ko‘pchilik siyosiy faol fuqarolar Yamandagi ushbu siyosiy rejimidan norozi bo‘lib, boshqa yerlarga ko‘chib ketdi. Yaman emigratsiyasining asosiy markazi Angliyaning mustamlakasi bo‘lgan Aden shahri edi. 1944-yilning ikkinchi yarmida aynan shu yerda siyosiy tashkilot bo‘lib shakllangan Ozod yamanliklar harakati paydo bo‘ldi.

    Qirolning o‘ldirilishi

    1948-yil 17-fevralda qirol Yahyo o‘ldirildi. Fitnachilarga qirolning kuyovi, muhojirotdagi tashkilotlar bilan aloqador bo‘lgan diplomat va davlat arbobi Abdulla bin Ahmad al-Vazir boshchilik qildi. U yangi hukumat tuzdi va tez orada qirol va imom deb e’lon qilindi. U mamlakat konstitutsiyasini ishlab chiqishga, parlament yaratishga va liberal islohotlar o‘tkazishga va’da berdi. Ushbu to‘ntarish mamlakatni o‘rta asrlardagi turg‘unlik va imomlarning zulmkor boshqaruvidan xalos qilish uchun birinchi jiddiy urinish edi.

    Biroq valiahd shahzoda, Imom Yahyoning to‘ng‘ich o‘g‘li Ahmad bin Yahyo Zaydiy qabilalarining ko‘pchiligini o‘ziga og‘dirib olishga muvaffaq bo‘ldi. 13 martda Ahmadning tarafdorlari Sano shahrini egallab oldi va 1948-yil 15-martda Ahmad ibn Yahyo qirol va imom deb e’lon qilindi va prinsipial masalalarda otasining siyosatidan farq qilmaydigan siyosat yuritishni boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1950-yillarning o‘rtalariga kelib, Aden bilan bir qatorda Misr poytaxti Qohira ham Yaman inqilobiy emigratsiya markaziga aylangan edi. “Ozod ofitserlar” maxfiy armiya tashkiloti ham o‘z faoliyatini qayta tikladi, asosan unga rahbarlik qilgan polkovnik Abdulloh al-Salolning shaxsiy fazilatlari tufayli bu tashkilot mashhurlik va katta ta’sir kuchiga ega bo‘ldi. 1956-yilda al-Salol atrofida ilg‘or zobitlar,ziyoli yamanliklar guruhi, ayrim yirik qabilalarning rahbarlari va muhojir doira vakillari birlashdi. Ular monarxiyani ag‘darish uchun kurash dasturini bayon qildi.

    Ozod ofitserlar harakati

    1961 yil 26 martda “Ozod ofitserlar” tashkiloti a’zolari imom Ahmadning hayotiga suiqasd uyushtirdi: qirolning o‘ldirilishi armiyaning harakatlanishi uchun signal bo‘lib xizmat qilishi rejalashtirilgandi. Oktabrda (qirol vafotidan keyin) Yaman inqilobiy tashkilotlari vakillarining yangi yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda monarxiyani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    1962-yil 20-sentabrida valiahd shahzoda Muhammad al-Badr hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Abdulloh al-Salol Yaman armiyasining bosh qo‘mondoni va qirol gvardiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Biroq hokimiyatga kelganidan bir necha kun o‘tgach, yosh podshoh otasining siyosatini davom ettirishini e’lon qildi va o‘z hokimiyatini kuchaytirishga qaratilgan farmonlarni qabul qila boshladi. Bu esa so‘nggi illyuziyalarni yo‘q qildi va respublikachilar harakatini tezlashtirdi.

    1962-yil 26-sentabrdan 27-sentabrga o‘tar kechasi qurollangan inqilobiy bo‘linmalar bosh qo‘mondonning buyrug‘i bilan qirol qarorgohi joylashgan al-Bashair saroyiga yuborildi. Saroyni qurshovga olgan qurollangan qo‘shin qo‘mondonligi shoh va uning atrofidagilarning taslim bo‘lishini talab qildi. Mamlakatdagi to‘liq nazoratni Armiya qo‘mondonligi o‘z qo‘liga oldi.

    Yaman Arab Respublikasi

    Abdulla al-Salol boshchiligida Inqilobiy qo‘mondonlik kengashi (IQK) tuzildi. 1962-yil 28-sentabrda Yaman Arab Respublikasi (YaAR) e’lon qilindi. IQK turli dasturiy hujjatlarni qabul qildi, jumladan: “Inqilobning olti tamoyili va maqsadlari”, “26-sentabr inqilobining manifesti”, kabi hujjatlarda inqilobning maqsadlari e’lon qilindi. Bular mutloqlik rejimini ag‘darish, mamlakatda chet el ta’sirini yo‘q qilish, islom va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan demokratik tizim barpo etishdan iborat edi. Respublikani boshqarish uchun Prezident kengashi, Ijroiya kengashi va shayxlarning oliy kengashi tuzildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1963-yil 13-aprelda vaqtinchalik konstitutsiya va 1964-yil 27-aprelda doimiy konstitutsiya qabul qilindi, unga ko‘ra, YaAR “arab, islomiy, mustaqil va suveren davlat” deb e’lon qilindi. Yangi respublika hukumati ag‘darilgan Hamidaddin sulolasining yer egaligi va saroylarini musodara qildi, diniy va qabila mansubligidan qat’iy nazar, barcha YaAR fuqarolarining huquqi tenglashtirilishi e’lon qilindi, qullik bekor qilindi, shariat sudlari o‘rniga fuqarolik sudlari joriy qilina boshlandi. Yangi umumiy ta’lim maktablari ochildi va Misr bilan yaqin aloqalar o‘rnatildi.

    Fuqarolar urushi

    Bularning barchasi qo‘shni arab mamlakatlarining hukmron doiralarida, birinchi navbatda, Muhammad al-Badr qochib ketgan Saudiya Arabistonida jiddiy tashvish tug‘dira boshladi. Shoh Saud shimoliy va sharqiy Yamandagi chegaralaridagi Zaydiy qabilalariga oltin va qurol-yarog‘ jo‘natishni boshladi, ularni eski tuzumni himoya qilishga undadi. Ummon davlati esa aksilinqilobga qarshi kurashda Yamanga katta yordam ko‘rsatdi, respublikani himoya qilish uchun u o‘z qurolli kuchlarini yubordi. Biroq 1963-yilning yoziga kelib, Yamandagi yangi rejim tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasidagi doimiy to‘qnashuvlar keng miqyosli fuqarolar urushiga aylanib ketdi.

    1967-yil iyun oyida Isroil bilan urushda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Misr shoshilinch ravishda Yamandan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Misrning qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘lgan al-Salol tezda o‘z mavqeyini yo‘qotdi va 1967-yil 5-noyabrda mamlakatni tark etdi. Yangi prezident etib Abdurahmon al-Aryani saylandi, u 1962-yil 26-sentabrdagi inqilob tamoyillariga sodiqligini e’lon qildi. Milliy yarashish g‘oyasini himoya qilib, Misr bilan do‘stlikni saqlab qoldi va Saudiya Arabistonini ham yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga chaqirdi.

    Yechim topildi

    Yamandagi fuqarolar urushini tugatish formulasi nihoyat 1970-yil mart oyida Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Islom davlatlari tashqi ishlar vazirlarining konferensiyasida topildi: konservativ royalistlar ag‘darilgan qirol va uning oilasini mamlakatga qaytarilishini talab qilishdan bosh tortdi, respublikachilar esa eski rejim rahbarlarini bir qator muhim hukumat lavozimlari bilan ta’minlashga rozi bo‘ldi. Ammo urush to‘xtamadi...

    1970-yil dekabrda qabul qilingan yangi Konstitutsiya mamlakatda respublika tuzumini mustahkamladi va YaARni suveren arab Islom davlati – “maslahatlashuvchi parlament respublikasi” deb e’lon qildi. Ammo bu yurtga tinchlik abadiy qaytmadi va oldinda mamlakatni bundan-da dahshatli fuqarolar urushi kutib turardi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    27.09.2020, 08:46   Izoh (0)   120374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniyada koronavirusni aniqlovchi dunyodagi eng tezkor test tizimi yaratildi

    27.09.2020, 06:06

    Dunyo bo‘ylab koronavirus bemorlarining davolanish jarayonlari aks etgan fotolavhalar

    26.09.2020, 23:51

    Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri mamlakatda ishlab chiqilgan vaksinani o‘zida sinab ko‘rdi

    26.09.2020, 23:26

    Ukrainada aviahalokat sabablari aniqlanmaguncha barcha An-26 samolyotlarining parvozi to‘xtatiladi

    26.09.2020, 21:25

    Ukrainada An-26 samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi

    26.09.2020, 20:21

    Qozog‘istonda bir hafta ichida yana 5837 kishida, Qirg‘izistonda esa 755 kishida koronavirus aniqlandi

    26.09.2020, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.