Nobel fondining Direktorlar kengashi 2020-yildan boshlab Nobel mukofoti miqdorini 1 million shved kronasiga (taxminan 110 ming AQSh dollari) oshirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Meduza”.
Bundan buyon bitta sovrin miqdori 10 million kronani yoki 1,1 million AQSh dollarini tashkil qiladi.
Nobel fondining ta’kidlashicha, so‘nggi 8 yil ichida fondning umumiy kapitali muvaffaqiyatli investitsiyalar tufayli 3 milliarddan 4,6 milliard kronagacha o‘sgan. Shuning uchun mukofot miqdorini oshirish mumkin bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, mukofot egalarini e’lon qilish 5-oktabrdan boshlanadi. Har yili laureatlar Alfred Nobelning tug‘ilgan kuni – 10-dekabrda Stokgolmda taqdirlanadi. 2020-yilda taqdirlash marosimi koronavirus tufayli o‘tkazilmasligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)