“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida beshinchi marta Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda portugaliyalik futbolchining o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
IFFHS World’ning “Eng yaxshi xalqaro to‘purar 2019” sovrinini qo‘lga kiritganimdan mamnunman.Ma’lumot uchun, IFFHS’ning “Eng yaxshi xalqaro to‘purar” (World’s Best International Top Goal Scorer) sovrini har kalendar yili davomida xalqaro turnirlar va Yevrokuboklarda eng ko‘p gol urgan futbolchilarga berib kelinadi. Portugaliyalik futbolchi uchun ushbu sovrin beshinchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, Ronaldu 2013, 2014, 2016, 2017, 2019-yillarda ham mazkur mukofotni qo‘lga kiritgan. Krishtianu 2019-yilda “Yuventus” safida Yevrokuboklarda va Portugaliya terma jamoasida umumiy hisobda 21 ta golga mualliflik qilgan.Krishtianu Ronaldu, futbolchi
Izoh (0)