Tez tayyor bo‘ladigan taomni yilning istalgan faslida iste’mol qilish mumkin.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Tovuq go‘shti
- O‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
- Smetana — 4 osh qoshiq
- Piyoz — 2 dona
- Suv yoki tovuq sho‘rva — 200 ml
- Un — 0,5 osh qoshiq
- Rayhon (quritilgan) — 1 choy qoshiq
- Sarimsoq, murch, tuz, ko‘kat
- Kerakli mahsulotlarni tayyorlab oling
- Tovuqlarni bo‘laklarga bo‘ling va o‘simlik yog‘i solingan tovada qovurib oling.
- Mayda to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoq qo‘shing.
- Sho‘rvaga smetana va un qo‘shib, yaxlit massa bo‘lgunicha aralashtiring
- Sousni tovuq solingan tovaga quying.
- Murch, tuz va quritilgan rayhon qo‘shing.
- Tova qopqog‘ini yopib, 20 daqiqa dimlab pishiring.
- Taom tayyor bo‘lganidan keyin ustiga ko‘kat seping.
- Taomni non bo‘laklarini qizdirgan holda istalgan garnir bilan birga dasturxonga tortish tavsiya etiladi.
Izoh (0)