Rossiya hukumat binosi tomidagi qarg‘alarni qirishga 42,5 million rubl (565 ming dollar) ajratadi. Bu haqda “RBK” nashri 2021-yil uchun budjet loyihasi bilan tanishgan manbasiga tayanib xabar berdi.
Hujjat bilan 2021 hamda 2022-yillarda 21,3 million rubldan ajratish ko‘zda tutilgan. Ko‘riladigan aniq choralar haqida hech narsa deyilmagan.
Rossiya Qushlarni qo‘riqlash ittifoqi Novosibirsk bo‘linmasi raisi Yelena Shnayderning so‘zlariga ko‘ra, qarg‘alarni qo‘rqitishning eng yaxshi yo‘li — ularning tabiatdagi dushmanlarini, ya’ni lochin va qirg‘iylarni jalb etish.
“Agarda ular lochin o‘rgatuvchilarni yollashmoqchi bo‘lsa, bu juda ajoyib variant. Ushbu pullar qarg‘alarni qirish emas, balki haydashga yordam beradigan biror aqlli usul orqali sarflansa, bu oqilona qaror”, — deydi ekspert.
Shnayderning so‘zlariga ko‘ra, qushlarni qirish teskari effektni yuzaga keltirishi mumkin, chunki o‘ldirilgan qarg‘alar o‘rniga boshqa qushlar keladi.
Izoh (0)