Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida “Nasaf” tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati 11-sentabrdan qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 15-avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida 11-sentabrdan Toshkent—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida 4/3 sonli “Nasaf” tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd 11-sentabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.
Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Avvalroq “Sharq” poyezdi qatnovi 21-avgustdan, Surxondaryo va Navoiydagi shaharlararo poyezlar qatnovi esa 25-avgustdan qayta tiklanishi, shuningdek, 22-avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)