• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 8-sentabr kuni 443 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni ham, o‘limlar soni ham ko‘paydi

    O‘zbekistonda 7-sentabr soat 23:30 dan 8-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 443 ta holat qayd etildi. Bu 23-avgustdan beri eng yuqori natija hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 44418 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 360, “Daryo” hisobi bo‘yicha 373 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 360, “Daryo” hisobi bo‘yicha 373 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 443 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 317 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 94 nafar;
    • Andijon viloyatida — 14 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 9 nafar;
    • Namangan viloyatida — 6 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 2 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 1 nafar.
    Kun davomida 7 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘sha yig‘ilish o‘tkazilgan kundan so‘ng birinchi marta kunlik kasallanish holatlari 370 tadan oshdi.

    Toshkent shahrida 317 kishida koronavirus aniqlandi. Bu poytaxtda sentabr oyida eng ko‘p kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Toshkentda oxirgi marta 23-avgustda kunlik kasallanganlar soni 300 nafardan oshgandi. Sentabrning 8 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 1500 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 11 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 27052 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,9 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 94 kishida COVID-19 aniqlandi. 8 kun ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 772 nafarga ko‘paydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona, Xorazm, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida epidemiya mavsumi boshidan buyon buncha kasallik aniqlanmagan. Toshkent viloyatida kasallikka chalinganlar soni 7977 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 17,95 foiziga tengdir.

    Andijon viloyatida 14 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 6 kundan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Ushbu kunlar ichida birinchi marta kunlik kasallanganlar soni 10 nafardan oshdi. Andijonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1254 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,8 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Buxoro viloyatida 9 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda 3-sentabrdan buyon endi yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olindi. Buxorodagi umumiy kasallanganlar soni esa 1070 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinish holatlarining 2,4 foizi Buxoroda aniqlangan.

    Namangan viloyatida 6 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyining 5 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 31 kishiga ko‘paydi. Viloyatda kasallanganlar soni 940 nafarga yetdi.

    Navoiy viloyatida 2 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda sentabrda ikkinchi marta yangi holatlar ro‘yxatga olinmoqda. Navoiyda koronavirusga chalinganlar soni 512 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 1,15 foiziga teng deganidir.

    Surxondaryo viloyatida 1 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda 6-sentabr kuni 9 kishida COVID-19 qayd etilgan. Oyning boshqa kunlarida kasallanish holatlari aniqlanmagan. Surxondaryoda hozirda koronavirusga chalinganlar soni 641 nafarga yetdi. Bu Jizzax (163 bemor) va Xorazm (484) viloyatlaridagi jami kasallanganlar soniga (647) deyarli teng.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, 8-sentabr kuni vafot etgan “O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisi va Mirishkor tumani hokimlarining o‘limiga koronavirus asoratlari sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Kun davomida 8 ta o‘lim holati haqida xabar berildi. Bungacha birinchi va oxirgi marta 25-avgust kuni 8 ta o‘lim yuz bergandi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli I.K. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Angren shahrida yashagan 56 yoshli R.Ye. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi direktori Ibrohim O‘rinboyev 74 yoshida vafot etdi.

    Foto: SSV

    Ibrohim O‘rinboyev 1946-yil 11-dekabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1970-yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

    Mehnat faoliyatini Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyasi vrach-epidemiologi sifatida boshlab, qator tizim muassasalarida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

    “Sog‘liqni saqlash vazirligi butun mehnat faoliyatini tibbiyot sohasiga baxsh etgan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar Urinbayev Ibragim Zayliyevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

    SSV xabarida Ibrohim O‘rinboyevning o‘limi sababi aytilmagandi. Vazirlik o‘zining keyingi xabarlaridan birida Uchtepa tumanida yashagan 74 yoshli I.U. ismli erkak koronavirusga chalingach vafot etgani haqida axborot berdi. Bu bilan vazirlik Ibrohim O‘rinboyev ham koronavirus qurboni bo‘lganini tasdiqladi.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli M.I. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko vafot etdi. Uning o‘limi haqida Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

    Foto: “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati

    Ma’lumot uchun, Sergey Vyunenko 1978-yilda Qozog‘istonning Pavlodar shahrida tug‘ilgan. Yevrosiyo Innovatsion universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda “Qozog‘iston alyumin” aksiyadorlik jamiyatida quvurlar montajchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik yirik metallurgiya korxonalarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

    Sergey Vyunenko 2017-yildan boshlab “O‘zmetkombinat” AJda ish boshlagan. Dastlab kombinat bosh muhandisi, boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2020-yildan esa “O‘zmetkombinat” AJning boshqaruv raisi vazifalarida mehnat qilib kelgan.

    Bekobod shahri hokimi Zafar Fayzullayev Sergey Vyunenkoning xotirasiga bag‘ishlangan mitingda kombinat boshqaruvi raisi koronavirus oqibatida vafot etganini bilvosita ta’kidlab o‘tgan.

    “Pandemiyaning asoratlarini yengillatish uchun Sergey Anatolyevich nafaqat kombinatda, balki shahrimizda ham ko‘p ishlarni amalga oshirdi. U yuzlab insonlar sog‘lig‘ini, kerak bo‘lsa hayotini asrashga katta hissasini qo‘shdi. Afsuski, o‘zini asrolmadi. Uning yorqin xotirasi qalblarimiz yashaydi” – deydi Zafar Fayzullayev.

    “Daryo” manbasi ham Sergey Vyunenko koronavirus asoratidan vafot etganini tasdiqladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu o‘lim bo‘yicha axborot bermadi.

    Oltinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev 8-sentabr kuni vafot etdi.

    Foto: Mirishkor tumani hokimligi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi marhumda ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi qayd etilganini ma’lum qilgan. Ammo O‘zAning xabar berishicha, tuman hokimida koronavirusdan davolanayotgan bo‘lgan.

    G‘ayrat Begaliyev 2020-yil 4-martdan beri Mirishkor tumani hokimi lavozimida ishlayotgan edi. U Mirishkor tumani hokimligiga kelgunga qadar ko‘p yillar davomida Qarshi tumani hokimi bo‘lgan.

    Yettinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 78 yoshli X.A. ismli ayol vafot etgan.

    Sakkizinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.K. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 360 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 373 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko;
    • Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2160 nafar bemordan 402 nafari og‘ir, 226 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun oldin ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 654 nafarni tashkil etayotgandi, endi esa 628 nafarga tushdi. Bu vaqt ichida SSV 6 ta o‘lim holati haqida xabar berdi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 29 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    8-sentabr kuni O‘zbekistonning 6 ta hududida 304 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrda uchinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan past bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 181 nafari Toshkent shahrida;
    • 97 nafari Toshkent viloyatida;
    • 8 nafari Buxoro viloyatida;
    • 7 nafari Andijon viloyatida;
    • 6 nafari Namangan viloyatida;
    • 5 nafari Surxondaryo viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 418 nafar bemordan 41 898 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda. Uch kun avval ham davolanish ko‘rsatkichi 94 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2160 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. Koronavirusdan davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni cho‘qqiga chiqqan — 29-iyul kuni bemorlar soni 9517 nafar edi. 1,5 oyga yaqin vaqt ichida ularning soni qariyb 4,5 barobarga kamaydi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1535 nafar. Farg‘onada 5, Xorazmda 7, Navoiyda 8, Jizzaxda 10, Qoraqalpog‘istonda 12, Surxondaryoda 19, Qashqadaryoda 30, Sirdaryoda 31, Buxoroda 33, Namanganda 36, Andijonda 43, Samarqandda 119 va Toshkent viloyatida 272 nafar bemor qoldi.

    08.09.2020, 23:55   Izoh (0)   141620
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kuniga 30−40 mingta koronavirusga test o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi

    08.09.2020, 23:47

    Navoiyda ayol kishi YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqchasini olib qo‘ydi. Prokuratura holat yuzasidan surishtiruv boshladi (video)

    08.09.2020, 23:22

    O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining minimal narxi oshirilishi mumkin

    08.09.2020, 23:11

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Pastdarg’omda o‘g‘lini kambag‘al qilib ko‘rsatgan mahalla raisi bilan bog‘liq holatni o‘rganish uchun bordi

    08.09.2020, 22:59

    Farg‘onada 8-sentabr kuni 2 balli zilzila kuzatildi

    08.09.2020, 22:45

    “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Prezident qarori bilan tugatilmoqda

    08.09.2020, 22:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.