Blokcheyn koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashning muhim vositalaridan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda Yaponiya moliya vaziri Taro Asoga tayanib, Cointelegraph xabar berdi.
“Blokcheyn yuqumli kasalliklarning keng tarqalishiga qarshi kurashda aloqalarni kuzatishda muhim qarorlardan biri bo‘lishi mumkin”, — deydi moliya vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi texnologiya test natijasi ijobiy bo‘lgan barchaning ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlashi mumkin. Shuningdek, hukumat virus tarqalishi va kelajakdagi to‘lqinlarning oldini olishda aniqroq baholashlarga ega bo‘ladi.
Yaponiya moliya vazirining ta’kidlashicha, blokcheyn-hamjamiyat regulyatorlar bilan birgalikda ishlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston Prezidenti “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Farmonga asosan, O‘zbekistonda blokcheyn, kriptoaktiv (raqamli aktiv) va mayning (kriptovalyuta platformalarining ishlashi uchun zaruriy tuzilmalar) texnologiyalari joriy etilishi, blokcheyn texnologiyasi davlat organlari faoliyatiga tatbiq qilinishi kerak.
Izoh (0)