“Inter” Yevropa Ligasining 1/2 final o‘yinida “Shaxtyor”ni mag‘lub etib (5:0), musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.
Shu tariqa Milan klubi bosh murabbiyi Antonio Konte murabbiylik faoliyatida ilk bor Yevrokuboklar finaliga chiqdi.
Bungacha italiyalik mutaxassis “Yuventus” va “Chelsi” klublarida ishlagan. U London klubi bilan Chempionlar Ligasi 1/8 finaligacha, “Yuventus” bilan esa Yevropa Ligasi yarim finali hamda Chempionlar Ligasi chorak final bosqichlariga qadar yetib borgandi.
Ma’lumot uchun, Konte 2019-yildan beri “Inter”ni boshqarib kelmoqda. Milanliklar uning qo‘l ostida Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)