Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya ozodlikda va u hozirda Litvada. Bu haqda Litva TIV rahbari Linas Linkyavichyus o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Svetlana Tixanovskayaning shtabi 10-avgust kuni kechasi u Belarus Markaziy saylov komissiyasiga borganidan so‘ng yo‘qolib qolgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi. Kechga yaqin Tixanovskaya aloqaga chiqqan, biroq qayerda ekanligini oshkor etmagan.
Tixanovskayaning matbuot kotibi Anna Krasulinaning ma’lum qilishicha, u Markaziy saylov komissiyasiga tashrifidan so‘ng “qaror qabul qilgan” va mamlakatdan chiqib ketgan. Krasulina qanday qaror to‘g‘risida gap ketganiga izoh bermagan.
Mavzuga doir: Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi Svetlana Tixanovskayaga uyushtirilgan suiqasdning oldi olinganini ma’lum qildi
Keyinroq Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.
Izoh (0)