O‘zbekistonda 1-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 295 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 24 304 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 191 nafari Toshkent shahrida;
- 53 nafari Toshkent viloyatida;
- 18 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 16 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 13 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 4 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Hozirda mamlakatda 9697 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh (0)