Tokio universiteti olimlari Yerda yangi muzlik davri boshlanishini ma’lum qildi. Bu taxminan 100 ming yildan so‘ng sodir bo‘ladi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Foto: Newsland

Ekspertlar musson shamollarning iqlimga ta’siri va dinozavrlarning 10 million yil oldingi rivojlanishini tadqiq etgan. Shu orqali ekspertlar serb injeneri Milutin Milankovichning Yer o‘qining orbita tekisligiga nisbatan og‘ishi natijasida unga uzoq vaqt davomida quyosh nuri va radiatsiya miqdorida tebranishlarning ta’siri borasidagi nazariyasidan foydalangan.

Ushbu nazariyaga ko‘ra, ekspertlarning ta’kidlashicha, yangi muzlik davri 100 ming yildan so‘ng boshlanadi, biroq bu karbonat angidrid chiqindilari emissiyasidagi inson omiliga bog‘liq.

“Hozirda biz salqin intensiv-musson iqlimi va atmosferadagi karbonat angidrid gazining past konsentratsiyasi 10 million yildan beri davom etayotgan siklning eng yuqori cho‘qqisidamiz”, — deydi ekspert.

Shuningdek, tadqiqotda keltirilishicha, taxminan 212 million yil oldin karbonat angidrid konsentratsiyasining pasayishi va kuchli musson shamollari Yerdagi iqlimning sovishi, oziq-ovqat va suv manbalarining ko‘payishiga sabab bo‘lgan, bu esa dinozavrlarning ortishi va ularning tarqalishiga olib kelgan.

“Milankovich mexanizmi Yer tarixiga ta’sir ko‘rsatishni davom etar ekan, biz ushbu mexanizm va iqlim evolyutsiyasi hamda ekotizim o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishga urinmoqdamiz”, — deydi olimlar.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, endilikda ularning ilmiy ishi 10 million yil oldingi sikl nafaqat dinozavrlar, balki sutemizuvchilar va o‘simliklarga qanday ta’sir ko‘rsatganini aniqlashga qaratiladi.