Rossiyaning “Qizaloq va maymoq” animatsion seriali dunyodagi eng sevimli bolalar ko‘ngilochar brendlari beshtaligidan o‘rin oldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: YouTube

Ushbu tadqiqot Kidz Global xalqaro kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi. Unda 43 mamlakatdan 60 ming nafar respondentning fikri o‘rganilgan.

Olingan javoblar asosida “Qizaloq va maymoq” multseriali dunyoda eng sevimli beshtalikka kirgan. Ushbu multfilmni 0—6 yoshgacha bo‘lgan qiz va o‘g‘il bolalar sevib tomosha qilishi aniqlandi.

“Qizaloq va maymoq” 39 ta tilga tarjima qilingan. U YouTube’ning to‘rtta brilliant tugmasiga ega bo‘lgan Rossiyada ishlab chiqarilgan yagona multfilm hisoblanadi.

Rus, ingliz, ispan va portugal tillaridagi har bir kanaldagi obunachilar soni 10 million kishidan oshadi.