IIV YHXBB xabariga ko‘ra, M-34 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining Toshkent—Termiz yo‘nalishida qatnov qismi vaqtinchalik yopildi.
Qayd etilishicha, ushbu xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 91-kilometrida joylashgan ko‘prikning asos qismi cho‘kib, hozirgi vaqtda nosoz holga kelib qolganligi va kapital ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli yopilgan.
Transport vositalarining harakatlanishi Termiz—Toshkent yo‘nalishiga o‘tkazilib, bir yo‘nalishda tashkil etilgan.
“Yuqoridagilarni inobatga olib haydovchilardan mazkur hududdan harakatlanib o‘tish davomida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, harakatni tartibga soluvchining ishoralariga amal qilgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)