• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahrixonliklar “Obod qishloq” dasturi chala bajarilganini, hokimlik esa buni tan olmayotganini aytmoqda

    Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi “Poloson” mahallasida yashovchi aholi vakillarining “Daryo”ga murojaat qilishicha, “Obod qishloq” dasturi asosida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar oxiriga yetkazilmagan. Tuman hokimligi mavjud muammolardan xabardor bo‘lsa-da, masalaga e’tibor bermayapti.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri murojaatni o‘rganish maqsadida Shahrixon tumanida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, “Poloson” mahallasi Prezidentning “‘Obod qishloq’ davlat dasturini 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan boshqa hududlar kabi davlat dasturiga kiritilgan. Tuman hokimi Hikmatilla Dadaxonov tomonidan tasdiqlangan yo‘l xaritasiga asosan o‘tgan yilda ushbu hududdagi muassasalarda qurilish va ta’mirlash, shuningdek, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

    Mahalla nuroniylari va faollarining aytishicha, dastur doirasida qilingan ishlardan qisman ko‘ngil to‘lgan. Biroq elektr va suv ta’minoti, yo‘llarni asfaltlash masalalari bo‘yicha ishlar chala qolgan. Bu holatdan aholi ranjimoqda.

    Ilhom Madumarov (o‘rtada)

    Ilhom Madumarov (o‘rtada)
    Foto: “Daryo”

    Mahalla faoli Ilhom Madumarovning aytishicha, u 2019-yilning may oyiga qadar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlagan. Hududni obodonlashtirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni dasturga kiritish jarayonida bevosita ishtirok etgan.

    Foto: “Daryo”

    “2018-yildan 2019-yil may oyiga qadar, ya’ni saylovgacha mahalla raisi sifatida ishlaganman. Mahallamiz ‘Obod qishloq’ dasturiga tushishi oldidan maxsus shtab a’zolari hamda ‘Suvoqova’, ‘elektroset’, yo‘l qurilish tashkilotlari xodimlari bilan birgalikda mahalladagi holatni to‘liq o‘rganganmiz. O‘shanda har bir ko‘cha e’tibordan chetda qolmagan. Tuman hokimligiga mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berilgan. Shunga ko‘ra, 2019-yilning fevral oyida tuman hokimi tomonidan “Qo‘rg‘oncha”, “Poloson” va “Navbahor” mahallalarida ‘Obod qishloq’ dasturi doirasida ishlarni tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilingan”, — deydi Ilhom Madumarov.

    Foto: “Daryo”

    Madumarovning qo‘shimcha qilishicha, qaror asosida 2019-yil mart oyi oxirida ish boshlangan. Mustaqillik bayramigacha maktab va bog‘chani qayta rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan. Elektr, suv va yo‘l masalasi bo‘yicha ham ishlar qilingan. Biroq ichimlik suvi va elektr simyog‘ochlarni o‘rnatish ishlari yakuniga yetmagan.

    Foto: “Daryo”

    “Bizni qiynayotgan birinchi masala bu — ichimlik suvi. Dastur doirasida yetti kilometr hududni ichimlik suvi bilan ta’minlash belgilangan. Quruvchi tashkilot tomonidan ishlar olib borildi. Lekin mahallaning asosiy ko‘chasi qolib ketdi. Shundan keyin 1,2 kilometrga viloyatdan ruxsat olib kelganman. Ammo quruvchilar mablag‘ yo‘q, deb ishni yakunlashmadi. Aytishlaricha, buning uchun hokim qarori ham chiqarilgan, ‘smeta’ tasdiqlangan ekan. Loyihaga qo‘shimcha kiritilgan 700 metr joyga esa suv tarmog‘i yetib bormadi. Ushbu masala bo‘yicha tuman hokimligiga bir necha marotaba murojaat qildik. Natija bo‘lmagach, viloyat hokimiga borganimizdan keyin ‘Suvoqova’ning viloyat boshlig‘i hamda tuman hokimi kelib maktabda yig‘ilish o‘tkazdi. Shunda bahorda qilib beramiz, deyishdi. Mutasaddilar oxirgi marta fevralda kelishganda 40 million pul ajratildi, uch kundan keyin ishni boshlaymiz, deyishdi. Mana to‘rt oy o‘tyaptiki, hech kimdan darak yo‘q”, — deydi Ilhom Madumarov.

    Foto: “Daryo”

    Faollarning aytishicha, Qo‘rg‘oncha ko‘chasida yashovchi 50 ga yaqin xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. Ularning aksariyati bir kilometrlik masofadan suv tashisa, ayrimlari hovlisiga o‘rnatilgan “kachalka”lardagi zax suvdan ichadi.

    “Andijon suv ta’minoti” MChJ Shahrixon tuman filiali mas’ul xodimi Muzaffar Yunusovning aytishicha, dastur asosida barcha ishlar bajarilgan. Dasturni tayyorlash, loyihalashtirish jarayonida mahalla oqsoqollari Poloson ko‘chasiga 50 yil avval astbest quvur o‘rnatilganligini, holati yaxshiligini aytishib, yangi tarmoq tortish shartmasligini bildirishgan. Shu tufayli ushbu ko‘cha dasturdan qolib ketgan.

    Muzaffar Yunusov

    Muzaffar Yunusov
    Foto: “Daryo”

    “Haqiqatan ham ushbu mahalla 2019-yilda ‘Obod qishloq’ davlat dasturiga kiritilgan. Belgilangan muddatlarda ikkita quduq rekonstruksiya qilinib, bitta yangi quduq qurilgan. Shuningdek, yetti kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, reja to‘liq bajarilgan. Muammo ko‘tarilayotgan bu ko‘cha hech qanday dasturga tushmagan. Aksincha, dasturda joriy ta’mirlash ishlarini olib borish belgilangan xolos. Ish boshidan bu mavzu ko‘tarilgan. Loyihalashtirish ishi bilan boshqa xodim shug‘ullangan. Ammo bu masaladan xabarim bor. Loyiha qilishda sobiq mahalla raisi ishtirok etgan. Rais bilan hududni aylanib, qayerga tarmoq tortish kerakligi aniqlashtirilgan. O‘shanda shu yerda yashovchi oqsoqollar bu yerga 50 yil avval astbest quvur o‘rnatilganligini, holati yaxshiligini aytishib, yangi tarmoq tortish shartmasligini bildirishgan. Shundan kelib chiqib, ularning roziligi bilan bu ko‘cha qoldirilib, boshqa hududlarga yangi tarmoq tortilishi belgilangan. Achinarlisi, ishlar yakunlangandan so‘ng bu mavzu ko‘tarilyapti. Aytganlar o‘z so‘zidan tonyapti. Bizning eng katta xatomiz shuki, o‘sha paytda yangi tarmoq shartmas, degan oqsoqollardan tilxat olib qo‘ymaganimiz”, — deydi Muzaffar Yunusov.

    Foto: “Daryo”

    Yunusovning ma’lum qilishicha, aholining murojaatiga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida qo‘shimcha tarzda 1,2 kilometrlik tarmoq tortib berilgan. Qolib ketgan 700 metr joyni esa tuman hokimi mahalliy budjet hisobidan qilib berishga va’da bergan.

    Hamidulla Toshmatovning aytishicha, elektr tarmoqlari masalasida ham muammo mavjud. Dasturga asosan 400 ga yaqin elektr ustun o‘rnatilishi belgilangan, ammo 15 ta “stolba” o‘rnatilishi bilan ishlar yakunlangan.

    Foto: “Daryo”

    “Mahallaga elektr simlari tortilganiga 50 yildan oshdi. Asosiy ko‘chadagi ustunlar o‘sha paytda o‘rnatilganligi sababli bugungi kun talabiga javob bermaydi. Yangi ko‘chib chiqqan xonadonlar holatidan kelib chiqib, yog‘och ‘stolba’lar o‘rnatgan. ‘Stolba’larni ko‘rsangiz, kulgingiz keladi. Hattoki ayrimlarini oldidan o‘tayotganda boshimga tushib ketmasmikan, degan hadik bilan o‘tasiz. Kuchli shamol bo‘lganda yiqilib tushishi hech gapmas. Dastur asosida ushbu ‘stolba’lar ham yangilanib qolar degandik, afsuski, unday bo‘lmadi. Dastur bo‘yicha 414 ta o‘rnatilishi kerak ekan. O‘tgan yilning bahor oxirlarida ‘elektroset’dagilar 15 tacha ustun olib kelib, mahalla boshiga o‘rnatmasdan qo‘yib qo‘yishdi. Ishonasizmi, shular oktabr oyigacha turdi. Qayta-qayta murojaatlardan so‘ng qishga yaqin o‘rnatib ketishdi, lekin sim tortilmagan. Vaholanki, dastur oktabr oyida tugatilishi kerak edi”, — deydi Hamidulla Toshmatov.

    Foto: “Daryo”

    Shahrixon tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Shavkat Nurmatovning aytishicha, dasturda belgilangan rejaga asosan barcha ishlar bajarilgan.

    “Rejaga asosan 2,1 kilometr masofaga 120 ta tayanch ustun o‘rnatish belgilangan. Shunga qaramay, 2,5 kilometr masofaga 140 ta yangi tayanch ustun o‘rnatilgan. Bundan tashqari, bitta transformator ham o‘rnatilgan. Mukammal ta’mirlash bo‘yicha ham to‘liq ishlar yakuniga yetkazilgan. Korxonaga aloqador muammo mavjud emas. Agarda o‘rnatish uchun ‘stolba’lar berilsa, yana qo‘shimcha ishlarni qilishimiz mumkin. Mabodo ‘stolba’ kelsa, uch-to‘rt kun ichida muammo hal bo‘ladi”, — deydi Shavkat Nurmatov.

    Foto: “Daryo”

    Mahalla faollariga ko‘ra, reja bo‘yicha 19 kilometr yo‘l ta’mirga tushgan. Shundan asosiy ko‘chalarning 9 kilometri asfalt qilinishi, ichki ko‘chalarning 10 kilometriga esa shag‘al yotqizilishi rejalashtirilgan. Afsuski, ushbu masala bo‘yicha ham ishlar qolib ketgan, asfalt belgilangan me’yor darajasida yotqizilmagan.

    “Dastur bo‘yicha ‘Qo‘rg‘oncha’, ‘Qashqarmahalla’, ‘Qo‘qonqishloq’ mahallalarining asfalti bo‘ldi. ‘Poloson’ga kelganda asfaltlanishi kerak bo‘lgan ko‘chaning uch kilometri sifatsiz asfaltlangan, qolgan qismi esa qolib ketdi. Bundan tashqari ichki ko‘chalarga me’yor bo‘yicha to‘kilishi zarur hisoblangan sheben to‘kish ishlari ham yakuniga yetkazilmagan. Oxirgi asfaltni bosishayotganda tugatib berishlarini so‘raganimizda mutaxassislardan biri yog‘ingarchilik boshlanyapti, keyingi yilga qilib beramiz, dedi. Ikkinchisi esa avval suvni tushirib olinglar, keyin yakuniga yetkazamiz, dedi. O‘tgan yilda bosilgan asfaltga qarang, hali yil to‘lmasdan ko‘chishni boshladi. Yo‘lchilar tuproqning ustiga asfalt yotqizishgan, hamma ishni qo‘l uchida qilishgan. Buni qabul qilib oladigan, ishning sifatiga baho beradigan inson bo‘lmagani uchun holat mana shunday qolib ketdi”, — deydi Nabijon Ovulov.

    Foto: “Daryo”

    Shahrixon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bosh muhandisi Baxtiyor Fozilovning aytishicha, dastur so‘zsiz to‘liq bajarilgan. Hattoki qo‘shimcha ravishda 700 metrga asfalt yotqizilib, 1,2 kilometr yo‘lga shag‘al to‘kilgan.

    Mahalla faoli Jamoliddin Isoqov esa chala qolgani bois ishlarni yakuniga yetkazish so‘ralib borilmagan tashkilot, uchralmagan mansabdor qolmaganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Qishlog‘imiz ‘Obod qishloq’ dasturiga tushdi, degan gapni eshitganimizda xursand bo‘lgandik. E’tibordan chetda qolib ketgan qishlog‘imizda ham o‘zgarishlar bo‘lishi Prezident tomonidan olib borilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchimizni ikki karra oshirgandi. Ishlar katta hajmda boshlandi. Keyin esa quruvchilar ham birin-ketin qorasini ko‘rsatmaslikni boshlashdi. Duolar bilan boshlangan ishlar yakuniga yetmasdan chala qolib ketdi. Tegishli mutasaddilarga aytsak, biz ‘yo‘l xaritasi’da belgilangan barcha ishlarni qildik, deyishyapti. Bormagan joyimiz, yordam so‘ramagan tashkilotimiz qolmadi. Har safar tekshirgani kelishganda ishlar boshlanib qoladi. Tekshiruvchilar ketishgach, yana o‘z holicha qolib ketadi. Tan olish kerak, o‘tgan yili sentabr oyida sizlar kelgandan keyin shu mahallaga bir kilometr yerga suv quvuri o‘tkazilib, aynan o‘sha yerlarga asfalt yotqizildi. Olib kelinib, uch-to‘rt oy yerda yotgan ‘stolba’lar ham o‘rnatildi. O‘ylaymizki, sizlar kelganingizdan keyin ham yana natija bo‘lib qolar”, — deydi Jamoliddin Isoqov.

    Foto: “Daryo”

    Jamoliddin Isoqovning qo‘shimcha qilishicha, mazkur muammolar bo‘yicha viloyat hokimi qabuliga ham borilgan. O‘shanda tuman hokimi Hikmatilla Dadaxonov murojaatni mazmunini eshitgach, Isoqov ishlayotgan tashkilotning rahbari bilan gaplashib qo‘yishini aytish orqali javob qilgan.

    “Mahallamiz oqsoqoli menga viloyat hokimi qabuli bo‘layotganini aniqlab ayt, o‘ttiz-qirq kishi bo‘lib murojaat qilgani boramiz, dedi. Sport kollejida viloyat hokimi qabuli bo‘layotgan ekan. Hokim yordamchisiga yozdirdim. U kishi tuman hokimiga uchrab turishimni aytdi. Dadaxonovga holatni tushuntirsam, qayerda ishlaysan,deb savol berdi. Temiryo‘lda ishlayman, desam bo‘pti-da, unda rahbaring bilan bir gaplashib qo‘yarkanman-da, degan javobni qildi. Mana shundan keyin oqsoqolga qabul bo‘layotganini aytib, odamlar kelaverishini bildirdim. Shu kuni tuman hokimi ichki ishlar bo‘limi boshchiligida militsiya xodimlari kelishib, aholini yo‘lda to‘xtatib qoldi. Ertasiga tuman hokimi muovini kelib, sizlarga 40 million ajratdik. Bugun kech kirib qolgani uchun ertadan suv va asfalt, ‘stolba’ ham bo‘ladi, dedi. Shu kuni bir yil turgan ‘stolba’lar bir kunda o‘rnatildi. Qolgan masalalar esa tashkillashtirilayotgandek qolib ketdi. O‘shanda oktabr oyi edi”, — deydi Jamoliddin Isoqov.

    Foto: “Daryo”

    Mahalla raisi Sh. Razzoqovning ma’lumot berishicha, mahallada 695 ta xonadon mavjud bo‘lib, ushbu xonadonlarda 875 ta oila, jami 4020 ta aholi istiqomat qiladi. Poloson ko‘chasida 235 ta xonadon bor. Ushbu ko‘chadagi 50 nafarga yaqin xonadonga ichimlik suvi yetib bormagan. Bundan tashqari, Qo‘rg‘oncha ko‘chasida yashovchi 40 ta xonadon ham ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.

    Shahrixon tumani hokimi o‘rinbosari Shuhrat Abdurahmonov dastur asosida barcha ishlar o‘z vaqtida belgilangan reja asosida amalga oshirilganini bildirdi. Agarda kamchiliklar bo‘lsa, uni bartaraf etishga va’da berdi.

    “‘Obod qishloq’ dasturiga tushdi degani, bu mahalladagi hamma ko‘cha ichimlik suvi bilan ta’minlanadi, elektr tayanch ustunlari o‘rnatiladi, yo‘llar asfalt qilinadi degani emas-da. Barcha ishlar ajratilgan mablag‘ hisobiga belgilangan reja asosida amalga oshiriladi. Mana yo‘nalish bo‘yicha tuman tashkilotlari rahbarlarini eshitdingiz. Dasturga asosan hamma ishlar qilindi. Ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi, albatta. Biz tomondan nimadir xato ketgan bo‘lsa, uni o‘z joyida bartaraf etamiz. Shunda ham dasturdan va vakolatimiz doirasidan kelib chiqqan holda. Hozir viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va viloyat yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariyati bilan gaplashdim. Ulardan biri hozir hisobimizda pul yo‘q, lekin sharoitdan kelib chiqib yordam beraman, deyapti. Suv masalasi bo‘yicha esa hokimga ma’lumot beraman. Hokim qilib beraman degani uchun ichimlik suvi muammosini o‘zimiz yechamiz. May oyi yakuniga qadar vaqt bersangiz, kamchiliklarni tugallab, bu bo‘yicha axborot beramiz”, — degandi Shuhrat Abdurahmonov.

    Foto: “Daryo”

    Surishtiruv davomida mahalla faollari bajarilmaydigan bunday va’dalarni ko‘p eshitishganini, tashkilotlardan asossiz xatlar olishganini, mutasaddilarning gaplarga ishonmay qo‘yishganini bildirishgandi.

    Maqola tayyorlanishidan oldin “Daryo” muxbiri tuman hokimi o‘rinbosarining va’dasi bajarilgan yoki bajarilmagani bilish hamda holatga aniqlik kiritish maqsadida murojaatchilar bilan yana suhbatlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, mutasaddilar o‘z va’dalarini bajarmagan. Faollar muammoni ko‘tarayotganlarga turli shaxslar tomonidan tahdidlar bo‘layotganligini ham qo‘shimcha qildi.

    “Daryo” vaziyatni kuzatadi va albatta mavzuga qaytadi.

    Mavzuga doir: Shahrixonda “Obod mahalla” dasturiga ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

    22.07.2020, 16:58   Izoh (0)   14145
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda koronavirusga chalingan 80 yoshli ayol vafot etdi

    22.07.2020, 16:41

    O‘zbekistonda yarim yilda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 100 trln so‘mdan oshdi

    22.07.2020, 16:26

    “Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz”. Deputat Kusherbayev “O‘zavtosanoat”ning javobiga javob berdi

    22.07.2020, 16:12

    “Zulfiyachi”lardan ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarigacha: DTM imtiyozga ega abituriyentlar haqida ma’lumot berdi

    22.07.2020, 15:57

    Toshkent—Termiz yo‘nalishidagi yo‘lning bir qismi vaqtinchalik yopildi

    22.07.2020, 15:25

    DTM vakillari: “Tana harorati oshgan abituriyentlarga imkon beriladi, COVID-19’ga chalinganlar esa testga kiritilmaydi”

    22.07.2020, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.