AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi CNN telekanali efirida COVID-19 koronavirus infeksiyasini “Tramp virusi” deb atadi va Amerika prezidentini pandemiya sharoitida harakatsizlikda aybladi.
“Menimcha, bugungi chiqishda prezident niqob taqish muhimligini ta’kidlab, o‘z xatosini tan oldi”, — degan Pelosi Trampning gapiga javoban.
Bundan tashqari, Pelosining so‘zlariga ko‘ra, Tramp infeksiya tarqalishi sharoitida vaqtida zarur choralarni ko‘rmadi. “Aftidan, bu Tramp virusi ekanligi ayon”, — degan u.
Pelosining qo‘shimcha qilishicha, Trampning pandemiya haqidagi gaplari, shuningdek, uning niqob taqishni boshlagani o‘z xatosini tan olganidan dalolat beradi. “Biz boshimizdan o‘tkazgan narsalar muayyan darajada Tramp virusi”, — degan u.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp bir necha bor koronavirus infeksiyasidan himoyalanish uchun niqob taqish niyatida emasligini ma’lum qilgan. Xususan, aprel oyida AQSh prezidenti aholiga niqob taqishni tavsiya qilib, o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytgan edi. O‘shanda Tramp keyinchalik o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkinligini ham ta’kidlab o‘tgandi. May oyida esa Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida hech kimga yaqinlashmayotgani sabab tibbiy niqob taqishga ehtiyoj sezmayotganini bildirgan. 11—12-iyul kunlari Tramp Walter Reed harbiy gospitaliga tashrifi davomida niqob taqishga va’da berdi va shu kuni omma oldida birinchi marta niqob taqqan holda ko‘rinish berdi.
Izoh (0)