• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zavtosanoat” Rasul Kusherbayevning tez yordam mashinalari oshirilgan narxlarda sotilayotgani haqidagi tanqidiga javob qaytardi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev “O‘zavtosanoat” kompaniyasi tez yordam uchun avtomobillarni oshirilgan narxlarda sotayotganini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi. “O‘zavtosanoat” “Daryo”ga Rasul Kusherbayevning so‘zlari bo‘yicha izoh berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Quyida “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati tomonidan berilgan izoh to‘liqligicha taqdim etiladi.

    Kecha go‘yoki ‘O‘zavtosanoat’ kompaniyasi tez yordam uchun avtomobillarni oshirilgan narxlarda sotayotgani haqida balandparvoz bayonot bergan deputat Kusherbayev madaniy muloqot doirasidan chetga chiqdi, zero mavzudan bexabar o‘quvchi uchun bamisoli kompaniyamiz mavjud vaziyatda narxlarni atayin oshirayotgandek bo‘lib ko‘rindi. Tabiiyki, bu gap haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va ‘O‘zavtosanoat’ ayrim siyosatchilar uchun populizm asosiy, ba’zida esa yagona qurol bo‘lishini yaxshi tushungan holda Rasul Xidiraliyevichning ayblovlarini bandma-band tahlil etishga tayyor.

    Janob Kusherbayev ‘O‘zavtosanoat’ COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan O‘zbekistonda yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni e’tiborga olmayotir, deya da’vo qiladi. Biroq biz professional jurnalist o‘zi aytayotgan so‘zlarining mohiyatini chuqurroq anglashi, tajribali parlamentariy esa so‘zlarining mas’uliyatini yaxshiroq his qilishi lozim ekanligiga aminmiz. Aftidan, deputat uchun bu o‘z shaxsini butun tarmoqqa qarshi qo‘yish hisobiga auditoriya qamroviga osonroq erishishga qaratilgan oddiy xabar bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, o‘z saylovchilariga bo‘lgan oddiy hurmat ham ularga tekshirilgan axborot taqdim etishni nazarda tutadi. Afsuski, bayonotdagi deputat so‘zlarida haqqoniylikdan asar ham yo‘q.

    Nafaqat ‘O‘zavtosanoat’, balki kompaniya xodimlari ham, hamkorlari ham pandemiyaning birinchi kunlaridan koronavirusga qarshi kurashda faol qatnashib kelmoqda. To‘g‘ri, ehtimol, kompaniya o‘zining xayriya aksiyalarini ko‘z-ko‘z qilmayotgandir, biroq bu hech bir siyosatchiga tarmoq korxonalarining va ularda ishlayotgan o‘n minglab xodimlarning umumiy kurashga qo‘shayotgan hissalarini kamsitish huquqini bermaydi.

    Xayriya ishlaridagi ulushlari haqida gapirish kompaniya odatlariga kirmaydi, ammo Rasul Kusherbayev o‘zining haqoratomuz posti bilan ularni yodga olishga majbur qilmoqda: ‘O‘zavtosanoat’ AJ va uning tuzilmaviy bo‘linmalari birinchilardan bo‘lib ‘O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik’ jamoatchilik fondiga 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ o‘tkazdi. Bundan tashqari, joriy yil aprel oyida kompaniya respublikaga xorijiy hamkorlaridan 2 milliard so‘mlik tibbiyot jihozlarini keltirish tashabbuskori bo‘ldi. Yana 2 milliard so‘mga teng mablag‘ tarmoq korxonalari tomonidan Sardoba suv ombori yorilishi va Buxoro viloyatidagi to‘fondan zarar ko‘rganlar foydasiga o‘tkazildi.

    Bundan tashqari, tarmoq tomonidan hokimiyat idoralariga karantin muassasalarining qurilishi uchun o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlari va 2500 ta konteyner beg‘araz taqdim etildi. Qolaversa, epidemiyaning ilk kunlarida, hali maxsus karantin markazlari yaratilmagan paytda, ‘O‘zavtosanoat’ AJ Hojikentdagi ‘Lochin’ idoraviy sog‘lomlashtirish oromgohini yuzlab insonlarni karantinga joylash uchun taqdim etdi va ularning to‘liq ta’minotini zimmasiga oldi. Mana shular va boshqa ko‘plab faktlardan keyin ham kompaniya vatandoshlar tashvishlariga bee’tibor, deb da’vo qilish qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi?

    Hurmatli O‘zLiDeP fraksiyasining a’zosi o‘zining ‘O‘zavtosanoat’ tomon og‘zaki hamlasiga tasdiq o‘laroq juda qiziq misol keltiradi — Farg‘ona viloyati hokimligi 20 dona yangi Damas avtomobilini xarid qilganini aytadi. Bu bilan janob Kusherbayev aynan nima demoqchi bo‘lgani unchalik tushunarli emas. Agar bu tez yordam ehtiyojlari uchun avtomobillar bepul berilishi kerakligiga shama bo‘lsa, unga, har qalay, o‘tgan haftaning o‘zida ‘O‘zavtosanoat’ mutlaqo bepul asosda Andijon viloyati hokimligiga olti dona Damas tez yordam avtomobilini taqdim etganligini aniqlashtirish qiyinchilik tug‘dirmagan bo‘lardi. Aftidan, bu haqda barcha OAVlarda e’lon qilinmagani xato bo‘lgan ko‘rinadi, lekin kompaniya umumiy ofat paytida bunday ishlarni ko‘z-ko‘z qilishni to‘g‘ri deb hisoblamaydi.

    Balki, Rasul Xidiraliyevich tez yordam ehtiyojlari uchun barcha avtomobillar beg‘araz yetkazib berilishini istar? Ammo Qonunchilik palatasining hurmatli deputati ilgari surayotgan bu g‘oya munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ‘Homiylik to‘g‘risida’gi qonunining ayrim me’yorlarini eslatib o‘tishni xohlar edik. Unga ko‘ra, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning homiylikka yillik xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak. Shu munosabat bilan birinchi yarim yillikning o‘zida xayriya maqsadlariga 37 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirgan ‘O‘zavtosanoat’ ming xohlamasin, ushbu chegarani bosib o‘ta olmaydi.

    Endi savol tug‘iladi: mamlakatimizda qonunlarni kim yozadi? ‘O‘zavtosanoat’ rahbariyatimi yoki har qalay, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarimi? Barchasi sizning qo‘lingizda, hamkasblaringiz ixtiyorida, qadrli Kusherbayev janoblari.

    ‘O‘zavtosanoat’ o‘z xayriya faoliyatida siz ishlab chiqqan qonunlarga tayansa, siz joriy qilgan cheklovlar doirasida ish ko‘rsa, nega endi ta’na aynan siz tomondan yangramoqda?

    Kompaniya tez yordam ehtiyojlariga o‘z mahsulotlarini bepul taqdim etsin uchun, amaldagi qonunga e’tiroz bildiradimi? — Yo‘q, e’tirozi yo‘q.

    Agar shunday qonun qabul qilinsa, kompaniya uni ijro etishga tayyormi? — Zo‘r mamnuniyat bilan!

    Bunday qonun loyihasi parlamentga kiritilganmi? — Har qalay, kompaniya bu haqda eshitmagan.

    Rasul Xidiraliyevich Kusherbayev shunday g‘oya bilan yoki epidemiologik inqirozni yengish bo‘yicha boshqa har qanday tashabbus bilan ommaviy bayonot berdimi? — Aslo yo‘q.

    “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati

    Avval Toshkent shahri hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy uskunalar va tibbiy maqsadda foydalanish uchun Damas avtomobillarini sotib olgani xabar qilingandi.

    Shuningdek, 2020-yil 3-iyulda O‘zbekistonda Isuzu D-Max pikaplari negizida tez yordam mashinalari ishlab chiqarilishi, 7-iyulda O‘zbekiston koronavirusga chalingan bemorlar uchun yana 15 ta yangi reanomobil xarid qilingani, 20-iyulda esa Jizzaxda ishlab chiqarilgan Volkswagen Caddy negizidagi tez yordam avtomobillari Toshkentga yuborilishi haqida xabarlar berilgan.

    21.07.2020, 22:10   Izoh (0)   67964
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sulton tex group Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudida hokimlikka yutqazdi

    21.07.2020, 21:45

    O‘zbekiston elchisi Portugaliya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

    21.07.2020, 21:21

    Qoraqalpog‘istonda ekinlari suvsiz qolgani uchun Nukus—Toshkent yo‘lini to‘sib qo‘ygan aholiga suv berildi

    21.07.2020, 20:56

    “O‘zekspomarkaz”dagi Taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi

    21.07.2020, 20:08

    Andijonda dorixonalardan isitma va tomoq og‘rig‘i uchun dori so‘rab borgan fuqarolar ro‘yxati tuziladi

    21.07.2020, 19:55

    O‘zbekistonda 22-iyul kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

    21.07.2020, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.