O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida fuqarolarni qabul qilish 2020-yil 14-iyuldan 2020-yil 1-avgustgacha vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar qilgan vazirlik axborot xizmati.

Foto: “Daryo”

Xabarda fuqarolarga o‘ta shoshilinch holatlarda quyidagi aloqa raqamlari va elektron manzillarga murojaat qilish tavsiya etilgan:

— fuqarolik, legalizatsiya va boshqa masalalar bo‘yicha:

telefon: +998 (71) 233-36-03, elektron pochta: “legalization@mfa.uz”.

— viza masalalari bo‘yicha:

telefon: +998 (71) 236-27-07, elektron pochta: “visa@mfa.uz”.

— pasport rasmiylashtirish masalasi bo‘yicha:

telefon: +998 (71) 233-45-01, elektron pochta: “passport@mfa.uz”.

— jismoniy va yuridik shaxslarning boshqa masalalari yuzasidan murojaatlari bo‘yicha:

telefon: +998 (71) 233-28-28, “Call markaz” — 1164, elektron pochta: “murojaat@mfa.uz”.