Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 13 million kishidan oshdi. Bu haqda pandemiya davridagi statistik axborotlarni berib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 13 103 290 kishini tashkil etmoqda.
Butun dunyoda hozirga qadar 573 mingga yaqin odam COVID-19 qurboniga aylangan bo‘lsa, 7,2 milliondan ortiq bemor sog‘aygan.
Koronavirus bilan kasallanish holatlarining aksariyati AQSh (3,3 milliondan ortiq), Braziliya (1,8 million), Hindiston (878 ming), Rossiya (732,5 ming) hamda Peru (330 ming) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, COVID-19 bilan kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan 10 ta davlat qatoridan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:
- Chili — 317,6 ming;
- Meksika — 299,7 ming;
- Buyuk Britaniya — 291,6 ming;
- Janubiy Afrika — 276,2 ming;
- Eron — 259,6 ming.
Izoh (0)