• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Biydek dalada: o‘zbekistonlik minglab migrantlar Rossiya—Qozog‘iston chegarasida qolib ketayotgani haqida

    Rossiya—Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonlik minglab migrantlar chegaradan o‘tolmasdan to‘planib turishibdi. Rossiyada ishsiz qolishgach, ular Qozog‘iston orqali uylariga yetib olishni istashgan, biroq u yerda koronavirus tufayli cheklovlar qat’iylashtirildi. Migrantlar esa 37 darajali jaziramada biydek dalada tunashmoqda — ovqatsiz, suvsiz va pulsiz.

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Meduza muxbirlari Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun yo‘lga chiqib, Qozog‘iston chegarasida to‘planib qolgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ahvoli haqida reportaj tayyorladi, “Kun.uz” uni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    “Biz shunchaki uyga borishni istaymiz”

    O‘zbekiston fuqarolari Samara va Orenburg oblastlari chegarasida – Qozog‘iston bilan chegara nazorati punktiga yaqin Mashtakov posyolkasida lager tikishgan. Uyog‘iga ularni o‘tkazishmadi: Orenburg viloyatida ham COVID-19 bilan bog‘liq holat og‘ir. Muxbirlar lagerga yaqinlashishi hamono mashinani migrantlar ovqat va suv keltirishdi deb o‘ylab, o‘rab olishdi. Ular trassa bo‘ylab turib olib, oziq-ovqat mahsulotlari tashlab ketadigan mashinalarni “ushlashmoqda”. Bizda hech vaqo yo‘qligini bilishgach, darhol qiziqishlari so‘nib, boshqa yo‘lovchi mashinalarni poylashga tushishdi.

    Bu yerda mingdan ziyod odam bor – ularning orasida bolalar, homilador ayollar uchraydi. Kimdir chegarani avtobusda kesib o‘tishni rejalashtirgan bo‘lsa, ularga osonroq: haytovur uxlash uchun joy bor. Qolganlar esa jaziramadan qutulish uchun shox-shabbalardan kapa tikib olishgan, ularni choyshab-u ko‘rpachalar bilan yopib, o‘t ustiga gilamcha to‘shab olishgan.

    “Men bu yerda bir haftadan beri kutyapman. Ayrimlar 20 kun, bir oydan buyon shu yerda. Siz bu yerda 20 daqiqa turishga urinib ko‘ring-chi. Bu yerga qanday kelib qoldimmi? Hamma kabi. Koronavirus, karantin. Moskvada ishlayotgandim, meni virus tufayli ishdan bo‘shatishdi. Men uyga – O‘zbekistonga borishni istadim. Shu yergacha keldim. Moskvada menga maosh ham yo‘q, ish ham yo‘q”, – deb qo‘llarini yoyadi Ulug‘bek.

    Lagerdagilar familiyasini aytishni istashmaydi, suratga tushishga ham ha deganda rozi bo‘lishmaydi. “Biz oqibatlardan qo‘rqamiz, shuning uchun kerakmas”.

    Lager yaqinida Orenburg oblasti tomonidan chegara xizmati, IIV va “Rosgvardiya”dan iborat jonli to‘siq turibdi.

    “Bizni qo‘yishmayapti. Biz bandiga aylandik. Qaytadigan joyimiz yo‘q, uyga borish ham mumkin emas. Ana, atrofimizni avtomat va rezina tayoq bilan o‘rab olishgan. Ular nega kerak? Biz shunchaki uyga qaytishni istaymiz. Ish yo‘q, pul yo‘q, yashashga joy yo‘q. Uyda esa oilamiz bor. Ular qanday yashashyapti? Nima yeb-ichishyapti? Biz mutlaqo bexabarmiz. Telefon ishlamaydi, bu dalada aloqa ham yo‘q”, – deya davom etadi Ulug‘bek.

    Hojatxona dalada, suv idish yordamida kir yuviladi

    Shu vaqt lagerga boylerda suv keltirishdi. Mashinaga ko‘zi tushgan zahoti bu yerdagilar 5 litrlik idishlarini olib kimo‘zarga suvga chopishdi. Suvni kuniga ikki marta keltirisharkan. Bu suv tekin, “davlat tomonidan”: uni migrantlar turgan hudud qaraydigan Bolshaya Chernigovka tumani ma’muriyati tashkil etibdi. Ba’zan xususiy shaxslar suvni keltirib litrini 3 rubldan pullashadi.

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    “Bu yerda qanday yuvinyapsizlar”, degan savolga lagerda yashovchilar yelka qisib qo‘yaqolishdi.

    “Suv yo‘q, hamma kir bo‘lib ketgan, kiyimlarimizga qarab bo‘lmaydi. (familiyasi reportaj qahramoni iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilgan — Meduza). ‘Lager’ ayollaridan biri o‘rtasi o‘yilgan 5 litrli suv idishda kir yuvishga kirishdi”, – deydi Zulya Yakubova.

    Zulya ham Moskvadan kelgan: qiz restoranda ishlardi, biroq u yopilgan. Ishsiz va pulsiz qolgach, uyga qaytishga qaror qilgan. Chegarada 10 kundan buyon kutmoqda.

    “Hamyurtlarimiz orasida Qozog‘iston orqali uyga yetib olish mumkin, degan mish-mish tarqadi. Shunga ishonib keldik. Kechqurunlari juda og‘ir bo‘lmoqda, chorasizlikdan yig‘layapmiz. Erkaklar ko‘p, ayollar kam. Nima yeyishni bilmaysan. Erkaklar kechalari ichib olishadi, hech qachon nima bilan tugashini ham bilmaysan. Qo‘rqinchli. Erkaklarning hammasi och. Ayollarga nima bo‘ladi? Men bu yerda yolg‘izman, oilamsiz. Biz shunchaki o‘tirib, Qozog‘iston qachon chegarani ochishini kutmoqdamiz. Hozircha biror aniqlik yo‘q”, – deb yig‘laydi Zulya.

    Oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyat og‘ir. Ma’muriyat tomonidan vaqti-vaqti bilan kechlikka “suxoy payok” beriladi. Asosan yo‘ldan o‘tuvchi furalar mahsulot tashlab ketishadi. Haydovchilar (ko‘pchincha o‘zbekistonliklar) to‘xtab, non, suv, sabzavotlar, ba’zan qovun-tarvuz berishadi. Kimdadir pul bo‘lsa, tuman markaziga — Bolshaya Chernigovkaga borib keladi. Mahalliy aholi ham pul va mahsulotlar bilan yordam qilib turibdi.

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Jamila pandemiyagacha yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan, avtobusda Moskvadan O‘zbekistonga qatnagan. U chegarada 15 kundan beri qolmoqda. Jamila avtobusning yuk bo‘lmasida yashaydi – bu eng obro‘li joy sanaladi. Poliga ko‘rpachalar to‘shalgan, yostiq bor, bo‘lma shamollatilib turiladi.

    “Ukam pul jo‘natib turibdi, biz 15 kilometr naridagi posyolkadagi do‘konga borib-kelib turibmiz. Boshqa iloj yo‘q, nima qilaylik? Bunaqa vaziyatga 20 yildan buyon endi tushishim… Odamlar bir tiyinsiz o‘tiribdi. Ularga qo‘limizdan kelgan yordamni qilyapmiz: qozon sotib oldik, non, suv keltiramiz. Ovqat pishiramiz. Hammamiz ham odammiz-ku”, – jilmayadi Jamila.

    Ovqatni kapalar o‘rtasiga o‘rnatilgan qozonlarda pishirishadi. Lager ortida yaxshigina chiqindixona paydo bo‘lgan. Hojatxona yo‘q. Uni lagerning narigi tomonida qazishgan, oq surp bilan o‘rab qo‘yishgan: uzoqdan ko‘rinib turibdi.

    “Bomjlardek yashayapmiz”

    Migrantlar bir-biriga tiqilib yashashmoqda: ijtimoiy masofani-ku, qo‘ya turing, hech qanday niqob haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bir necha kishidagina niqob ko‘rish mumkin. Rashid 59 yoshda. U Moskvada ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan, biroq aprel oyi oxirlarida kasal bo‘lib qolgan.

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    “Ishtaham yo‘q edi, boshim og‘rirdi. Xo‘jayinga madorim qochayotgani, ishlolmasligimni aytdim. Tez yordam chaqirishdi. Vrachlar: ‘Nega bizni chaqirdingiz, oddiy bosh og‘riqqami?’ deyishdi. Yotoqxonaga borganimda, meni alohida vagonchaga ajratib qo‘yishdi. Ikki hafta o‘sha yerda yotdim. Menga oziq-ovqat va dori berib turishdi, lekin biror marta vrach kelgani yo‘q. Men qanday kasalga yo‘liqqanimni ham bilmayman”, – deydi Rashid.

    U 20-iyundan buyon lagerda. Uning tarixi ham boshqalarnikiga o‘xshash: hamyurtlaridan Qozog‘iston chegarasi ochilishini eshitgan va chegara punktigacha kelib, qolib ketgan.

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    “Mana shu tarzda, bomjlarga o‘xshab, hattoki ulardan battar yashayapmiz. Uyga ketgimiz kelyapti. U yerda ish yo‘qligi uchun Rossiyaga kelgandik. Endi qaytib ketolmayapmiz. Xotinim O‘zbekistonda komada yotibdi, ikki marta yurak xurujiga uchragan. Uning yonida bo‘lishim kerak, shu sabab uyga qarab yo‘lga chiqqandim. Pensiyaga ham chiqishim kerak. Nevarali bo‘lganman, hali uni ko‘rganim ham yo‘q”, – deydi Rashid.

    Lagerda tibbiyot xodimlari yo‘q.

    Erlar ayollarini lagerga borishga qo‘yishmayapti

    Bu migrantlarning uchinchi marta Qozog‘iston chegarasida to‘planib qolishi. Bungacha chegarada yig‘ilganlarning barchasini O‘zbekiston hukumati maxsus transportda olib chiqib ketgan, endigisi cho‘zilib ketdi. 1200 kishi Samara oblastidagi Bolshaya Chernigovka rayonida, yana 747 nafar migrant Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lgan Orenburg oblastining Buzuluk rayonida qolib ketgan.

    8-iyul kuni Samara oblasti gubernatori Dmitriy Azarov O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov bilan ko‘rishgan. Bu uchrashuv haqida Samara oblasti ma’muriyati muassisligidagi mahalliy OAV xabar bergan.

    “Samara oblasti hukumati vaziyatni alohida nazoratga olgan va odamlarga maksimal ko‘mak ko‘rsatmoqda. Rayon markazidan uch kilometr masofada vaqtinchalik joylashish punkti yaratilgan. Palatali lager barcha sanitariya talablari doirasida o‘rnatilgan, suv yetkazish tashkillashtirilgan, joyda tibbiyot xodimlari ishlamoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.

    Aniqlanishicha, FVVning palatali lageri chindan ham ochilgan ekan. Lekin u yerda deyarli hech kim yo‘q.

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    “Hozir palatali lagerda 29 nafar migrant ayollar yashamoqda. 9-iyul kuni tibbiyot xodimlari kelib, hammani tekshirishdi, tavsiyalar berishdi. Qolganlar ko‘chishni istashmayapti. FVV lageriga borishni istovchi ayollar bor, lekin ularni erlari qo‘yib yubormayapti. Erning aytgani – qonun. Ular bu haqda eshitishni ham istashmaydi, ular shunchaki uyga ketishni xohlaydi. Agar ular palatali lagerga ko‘chishsa, chegaralar ochilmay qolishidan qo‘rqishadi”, – deydi Butunrossiya o‘zbeklar va O‘zbekiston fuqarolari kongressi mintaqaviy bo‘limi rahbari Dilfuza Sobirova.

    Sobirovaning so‘zlariga ko‘ra, gubernator administratsiyasi migrantlarga vaqtinchalik ish ham taklif qilgan, amaldorlar ishlash uchun patent rasmiylashtirishda ham yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor bo‘lishgan, lekin xorijliklar unashmagan.

    “Bu vaziyat qachon tugaydi, noma’lum. Bu yerdagi holat Rossiyaga ham, Samara oblastiga ham bog‘liq emas. Hozir Qozog‘istonda koronavirus bo‘yicha vaziyat juda og‘ir. Hozircha karantin 20-iyulgacha davom etadi, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Hozircha hammani avval ishlagan joylari – Moskva, Moskva oblasti, Sankt-Peterburgga qaytishga ko‘ndirmoqdamiz”, – degan Meduza’ga Samara viloyati gubernatori administratsiyasi ichki siyosat departamentining milliy va konfessional siyosat boshqarmasi rahbari Nadejda Osipova.

    O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi o‘z rasmiy saytida quyidagi axborotni e’lon qilgan:

    Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommabop messenjerlarda Rossiya va Qozog‘iston  o‘rtasidagi chegara ochilgani hamda Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali vatanimizga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Bundan tashqari, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan ayrim shaxslar Rossiya—Qozog‘iston chegarasiga odamlarni yetkazib qo‘yish va chegarani kesib o‘tishda “yordam berish”ni va’da qilib, turli e’lonlar tarqatmoqda.

    Elchixona vatandoshlarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini so‘rab qoladi. Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonda joriy qilingan karantin choralari, shu jumladan, mamlakatlarga kirish bo‘yicha cheklovlar o‘z kuchida qolmoqda.Afsuski, shu kunlarda Samara viloyatidagi Bolshaya Chernigovka posyolkasi, Orenburg oblastidagi Buzuluk tumani va Sol-Ilesk shahrida O‘zbekiston fuqarolarining yana to‘planishi kuzatilmoqda. Ularning ko‘pchiligi, yolg‘on xabarlarga ishonib, Rossiyaning turli hududlaridan kelgan va Qozog‘iston orqali vatanimizga qaytish istagini bildirishmoqda.

    Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqarolarning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, kasallar, doimiy kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.Yana bir bor, Rossiya hududidagi vatandoshlarimizdan turli yolg‘on xabarlar va mish-mishlarga ishonmasliklarini, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga muvofiq karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga zid ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlik belgilangan. Xususan, mazkur ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV, shuningdek, internet orqali tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan (44 million 600 ming so‘mdan) 400 baravarigacha (89 million 200 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Bundan tashqari, Rossiya qonunchiligiga binoan, bila turib og‘ir oqibatlarga olib keladigan yolg‘on ma’lumotni tarqatish 300 mingdan 2 million rublgacha jarima hamda uch yildan besh yilgacha qamoq bilan jazolanadi.

    O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Foto: Meduza / Artyom Golyakov

    Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kungi videoselektor yig‘ilishida “Chet ellardan shu bugungacha 90 mingdan ko‘p fuqarolarimizni qaytarib olib keldik. Yana bir marta xalqimizga murojaat qilib aytmoqchimanki, chet elda qolgan hamma fuqarolarimizni albatta olib kelamiz”, degan edi.

    Shundan so‘ng, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston bilan chegaradagi “G‘ishtko‘prik” chegara posti yaqinida to‘planib turgan 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik chegaradan o‘tkazilgani haqida xabar berdi.

    Mavzuga doir: Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbekistonliklar qanday sharoitda yashashga majbur bo‘ldi? (video)

    O‘zbekistonliklarning Rossiya—Qozog‘iston chegarasiga to‘planishi may oyida ham kuzatilgan, o‘shanda O‘zbekiston hukumati Rossiya va Qozog‘iston vakolatli organlari bilan kelishgan holda, 1100 nafar fuqaroni avtobusda mamlakat hududiga olib kelgandi. O‘shanda rasmiylar mazkur amaliyot istisno tariqasida faqat bir martagina amalga oshirilayotganini ta’kidlangan edi.

    13.07.2020, 12:55   Izoh (0)   40392
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent kasalxonalarida koronavirusga chalingan bemorlar uchun 3580 ta koyka-o‘rin ajratilgan, shahardagi bemorlar soni esa allaqachon 4 mingdan oshgan

    13.07.2020, 12:25

    “O‘zbekistonda karantin hozir kuchaytirilmasa, dekabrgacha koronavirusga chalinganlar soni 64 mingga yetishi mumkin edi” — Obid Hakimov

    13.07.2020, 11:54

    Toshkentda aholi orasida yana 142 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 13 mingdan oshdi

    13.07.2020, 10:08

    Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli ayol vafot etdi. Bu O‘zbekistondagi 61-o‘lim holati

    13.07.2020, 09:55

    Deputat Maqsuda Vorisova karantin choralari kuchaytirilishida fuqarolarni aybladi

    13.07.2020, 09:05

    Farg‘onada ekologik fojia — yerosti suvlariga neft aralashib ketgan. Vaziyatga Toshloq hokimligi munosabat bildirdi, FNQIZ esa javobgarlikni zimmasiga oldi

    13.07.2020, 08:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.