O‘zbekistonda 5-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 107 kishiga ko‘payib, mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 9936 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanganlarning
- 33 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
- 66 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 59 nafari aholi orasida);
- qolgan 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.
“Hozirda mamlakatimizda 3457 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 121 kishiga ko‘payib, mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 9829 nafarga yetgandi. 15-martdan buyon 33 nafar bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.
Izoh (0)