Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 4-iyul kuni butun dunyoda koronavirus bilan kasallanishning yangi rekord ko‘rsatkichini qayd etdi, deb xabar beradi Tengrinews.
Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 212 326 kishiga ortgan. Yangi kasallanish holatlarining aksariyati AQSh, Braziliya va Hindistonda qayd etilgan.
Bundan oldingi sutkalik antirekord 28-iyun kuni qayd etilgandi. O‘shanda dunyoda bir sutka ichida rasman 189 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan edi.
Hozirda koronavirus oqibatida vafot etayotganlar soni kuniga salkam 5 ming kishini tashkil etmoqda.
Avvalroq AQShda bir kunda 57,5 ming kishida koronavirus aniqlanib, sutkalik rekord yangilangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:“JSST pandemiyaning ikkinchi to‘lqini haqida ogohlantirdi: “Xuddi 100 yil avvalgidek bo‘ladi”
Izoh (0)