“Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon Italiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Torino”ga qarshi bahsda (4:1) boshlang‘ich tarkibdan joy oldi va maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
42 yoshli italiyalik posbon uchun mazkur bellashuv Italiya chempionatidagi 648-uchrashuv bo‘ldi. Buffon shu tariqa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Milan” sobiq himoyachisi Paolo Maldinining rekordini yangiladi. Buffondan keyingi o‘rinda quyidagi futbolchilar joylashgan:
- Paolo Maldini (647)
- Franchesko Totti (619)
- Xavyer Zanetti (615)
- Janluka Palyuka (592)
Avvalroq Buffon “Yuventus” bilan shartnomasini uzaytirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)