Toshkentning Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chasi kesishmasidagi ko‘prikda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari 22-iyulga qadar davom etadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq ushbu ko‘prikda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani, shu munosabat bilan mazkur yo‘l o‘tkazgich avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Poytaxt hokimligining aniqlik kiritishicha, Toshkentda asfaltlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hajmi ortganligi sababli ushbu hududdagi ishlar 22-iyulga qadar davom etadi.
Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Izoh (0)