• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi tumani hokimi g‘alla rejasini bajarish uchun chorvachilik fermer xo‘jaligining ozuqa g‘allasini ham tortib olmoqda

    Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva tumanning g‘alla rejasini bajarish uchun chorvachilik fermer xo‘jaligi tomonidan ozuqa maqsadida yetishtirilgan g‘allani ham tortib olmoqda. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan fermer Rustam Bozorovning aytishicha, hokim ushbu maqsadiga yetishish uchun IIB kuchidan foydalanmoqda.

    Rustam Bozorov

    Rustam Bozorov
    Foto: “Daryo”

    “27-iyun kuni ertalab soat 11-12 da tuman IIB xodimlari kelib, g‘allani o‘rayotgan kombaynni to‘xtatdi va kombaynni jarima maydoniga olib ketmoqchiligini, bu tuman IIB boshlig‘ining buyrug‘i ekanligini aytdi, — deydi fermer Rustam Bozorov. — Hokim g‘allamni tortib olayotgani yetmagandek, g‘allani o‘zimning kombaynimda o‘rishga ruxsat bermayapti. MTPdan kombayn berishar ekan. Gektariga 500-600 ming so‘m to‘lab, somonni to‘kib ketadigan kombaynda g‘allamni o‘rib olishim va kilosini 1500-1800 so‘mdan topshirishim kerak ekan. Ularning talabini bajarsam, o‘zim chorvamga ozuqa — sheluxani 3000 ming so‘mdan sotib olishga majbur bo‘laman”.

    Foto: “Daryo”

    Fermerning aytishicha, hokim bir sotix yerda ham g‘alla qolmasligini barchasini topshirishni talab qilgan. Fermerning e’tiroziga quloq solmagan va hatto bu borada gaplashishni ham ep ko‘rmagan.

    Foto: “Daryo”

    “Hokimga bu g‘alla chorva mollarimning ozuqasi uchun, deb dardimni aytishga borgandim, eshitishni ham xohlamadi”, — deydi fermer.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Rustam Bozorov rahbarligidagi fermer xo‘jaligi “Ismoil Bozorov” MChJga qarashli bo‘lib, ixtiyorida 845 gektar yer bor. Shuning 645 gektari sug‘oriladigan yer bo‘lib, fermer bu yerga 350 bosh naslli qoramolini boqish uchun ozuqa ekib foydalanadi.

    Foto: “Daryo”

    “Bilaman, joriy yil juda og‘ir keldi. Gektarlab g‘allani do‘l urib ketdi. Ammo hokim shuni yotig‘i bilan tushuntirib, g‘alla rejasini bajarishda menga ko‘mak bering desa, olam guliston-ku. Kerak bo‘lsa, barcha g‘allamni beraman. Ammo zo‘ravonlik qilib, fermerlarning burnini qonatish nimaga kerak?”, — deydi hokimdan jabr ko‘rayotgan fermer.

    Fermer dalasida “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan IIB xodimi, profilaktika inspektori Feruz Bo‘riyev fermer xo‘jaligi dalasiga uning kombaynini jarima maydoniga olib ketish uchun kelganini, bu tuman IIB boshlig‘ining topshirig‘i ekanligini aytdi. Ammo kombaynning jarima maydoniga olib ketilishiga sabab bo‘layotgan “aybi”ni bilmasligini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo”

    “Menga shunday topshiriq berishgan. Men kombaynchi emasman, kombaynning aybini bilmayman. Men berilgan topshiriqni bajaraman. Tumanning g‘alla rejasi to‘lmaguncha, shaxsiy kombaynlar ishlamasin, deb topshiriq berishgan”, — deydi hudud profilaktika inspektori Feruz Bo‘riyev.

    Foto: “Daryo”

    Feruz Bo‘riyevning ma’lumot berishicha, 27-iyun kuni ertalab fermer dalasida bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari Akrom Aripov IIB boshlig‘iga holat haqida xabar bergan va Rustam Bozorovning kombayni daladan olib chiqib ketilishi lozimligini bildirgan. Shunga ko‘ra, fermer kombayni g‘alla o‘rimidan to‘xtatilgan.

    Ushbu suhbatdan so‘ng telefon orqali bizga noma’lum shaxs bilan suhbatlashgan Feruz Bo‘riyev kombaynni olib ketish fikri yo‘qligini, profilaktika inspektori bo‘lgani uchun o‘rim jarayonini kuzatayotganini aytdi va hech qancha vaqt o‘tmay fermer xo‘jaligi dalasini tark etdi.

    Mazkur holatni izohlagan Qarshi tuman IIB boshlig‘i Shuhrat Iskandarov fermer kombayni eskiligini, yong‘in xavfsizligi xodimi ko‘rigidan o‘tmagani uchun jarima maydoniga olib ketishga qaror qilinganini aytdi.

    Foto: “Daryo”

    “G‘allani yong‘indan asrash bizga topshirilgani sabab texnik ko‘rikdan o‘tmagan kombaynni dalaga kiritishga yo‘l qo‘ymayapmiz. Texnik ko‘rikdan o‘tsa, bemalol ishlashi mumkin”, — dedi tuman IIB boshlig‘i.

    Rustam Bozorov tuman hokimi o‘rinbosari Akrom Aripov unga qarashli yerni tortib olish bilan qo‘rqitganini aytmoqda.

    “Akrom Aripov ‘g‘allani topshirmaydigan bo‘lsang, tumanda hokim o‘rinbosari bo‘lib ishlab tursam, yeringni tortib olaman’, deya po‘pisa qildi. Xo‘p deb, 25-iyun kuni 35 gektar yerga shartnoma ham tuzdim va 87,5 tonna g‘alla topshirishga rozi bo‘ldim. Ammo hokimlik ‘g‘allaning hammasini bizga berasan’ deb talab qilmoqda”, — deydi Rustam Bozorov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqot qilgan Akrom Aripov esa fermer Rustam Bozorov eng ilg‘or fermer ekanligini, fermerga yordam berishini, IIB boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib fermerda muammo yo‘qligini aytishini bildirdi.

    Qarshi tumanining Ipak yo‘li hamda Batosh hududlarida g‘alla maydoni bor fermer xo‘jaliklari rahbarlarining “Daryo”ga aytishicha, ushbu hududlarda ham tuman hokimining o‘zboshimchaligi davom etmoqda.

    “Joriy yildagi rejam 134 tonna g‘alla edi. Rahbarligimdagi fermer xo‘jaligi 135 tonna g‘alla topshirdi. Shunga qaramay hokim ikki gektar maydonda qolgan va ishchilarimga va’da qilingan g‘allamni ham tortib olmoqda. Bugun hududimizga beshta kombayn jo‘natilgan va qolgan g‘allamizni ham o‘rib oladi”, — deydi “Dilrabo Quvonchbek” fermer xo‘jaligi rahbari Akrom Tangirov.

    Foto: Akrom Tangirov

    “Abdulatif Muzaffar” fermer xo‘jaligi rahbarining aytishicha, fermerning joriy yildagi rejasi 168 tonna g‘alla topshirish bo‘lgan. Fermer esa 177,2 tonna g‘alla topshirgan. Shunga qaramay, qolgan bir gektarga yaqin maydondagi g‘allasi ham IIB xodimlarining zo‘ravonligi bilan o‘rib olinmoqda.

    Fermerlarning aytishicha, hokim g‘alla rejasini bajargan fermer xo‘jaliklarining o‘ziga qolayotgan g‘allasini rejani bajarmagan fermerlarga 1500-1800 so‘mdan olib berishni maqsad qilgan va shu yo‘l bilan rejani bajarishni ko‘zlagan.

    “Bizdan tortib olinayotgan g‘alla hozirgi narx 2500-2600 so‘mdan olinsa rozi edik. Rejani bajarolmagan fermerlar g‘allamizni 1500-1800 so‘mdan sotib olishni ko‘zlamoqda. Hokim esa tuman g‘alla rejasini bajarish uchun bizni ayamayapti”, — deydi fermer Akrom Tangirov.

    Mavzuga doir: 

    • Maqsuda Mustafoyeva Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi
    • Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva: “Aripovdek quyushqondan chiqadi deb o‘ylasangiz, menda bunday bo‘lmaydi”
    • Qarshi tuman hokimi va o‘rinbosari sudda ikki xil ko‘rsatma berdi. Qay birining gapi rostligi ochiq qolmoqda

    01.07.2020, 17:56   Izoh (0)   33729
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 44 nafarga ko‘payib, 8671 kishiga yetdi

    01.07.2020, 17:13

    Toshkentda koronavirusga chalingan bermorlarning yana 55 nafari sog‘aydi

    01.07.2020, 16:58

    Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlash ishlari 76 foizga bajarildi

    01.07.2020, 16:09

    Toshkentda Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir qismi 14 kunga yopiladi

    01.07.2020, 15:38

    O‘zbekistonda iyun oyi uchun “palov indeksi” e’lon qilindi: Buxoro va Xorazm viloyatlarida osh qimmatladi

    01.07.2020, 15:08

    Prezident qarori bilan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tugatiladi

    01.07.2020, 14:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.