Reuters muxbirlari dunyo mamlakatlari shifoxonalarida, koronavirusning og‘ir formasini boshdan kechirayotgan bemorlar davolanayotgan — jonlantirish bo‘limida bo‘lib, fotoreportaj taqdim etdi .
Braziliyaning San-Paulu shahridagi kasalxonada kuzatilgan holat. Koronavirusdan tuzalgan ayol qizini bag‘riga bosmoqda. Foto: Reuters
Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi shifoxonaning intensiv terapiya bo‘limida maxsus himoya kiyimlaridagi shifokorlar bemorga qaramoqda. Foto: Reuters
Tokioda Muqaddas Marianna tibbiyot universiteti shifoxonasidagi shifokorlar va bemor. Foto: Reuters
Moskva shahridagi M.V. Lomonosov nomli universitet klinikasining intensiv terapiya bo‘limidagi holat. Foto: Reuters
Belgiyalik shifokorlar koronavirus inqiroziga qarshi mamlakat hukumati qaroriga nisbatan norozilik belgisi sifatida qora matoni bog‘lab oldi. Foto: Reuters
Ispaniyaning Madrid shahridagi kasalxonaning intensiv terapiya bo‘limida 50 kun davolangan bemor odatiy palataga o‘tkazilmoqda. Foto: Reuters
Italiyaning Bergamo shahridagi kasalxonaning intensiv terapiya bo‘limidagi bemor va tibbiyot xodimi. Foto: Reuters
Indoneziyaning Jakarta shahridagi Persaxabatan kasalxonasida tibbiyot xodimlari bemorlarga mashq qildirmoqda. Foto: Reuters
AQShning Texas shtati Hyuston shahridagi United Memorial Medical Center tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limida koronavirusdan vafot etgan erkakning jasadi olib ketishga tayyorlanib, o‘rab qo‘yilgan. Foto: Reuters
AQShning Texas shtati Hyuston shahridagi United Memorial Medical Center tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limida koronavirusga chalingan bemorga qarayotgan tibbiyot xodimlari. Foto: Reuters
Chili universiteti klinik shifoxonasiga olib kelingan bemor 76 yoshli Don Xayme qarindoshlari bilan xayrlashmoqda. Foto: Reuters
Chilining Santyago shahridagi markaziy shifoxonada koronavirusdan davolanayotgan bemor. Foto: Reuters
Chilining Santyago shahridagi markaziy shifoxonada koronavirusga chalingan bemorga qarayotgan tibbiyot xodimi. Foto: Reuters
Kolumbiyaning Bogota shahridagi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vrach va hamshira bemorga qaramoqda. Foto: Reuters
Braziliyadagi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan onasiga qarayotgan ayol. Foto: Reuters
Izoh (0)