“Real” himoyachisi Serxio Ramos “Malyorka”ga qarshi bahsdan (2:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va hakamlarning Madrid klubi foydasiga qaror chiqarishiga ishora qilgan Xerard Pikening tanqidlariga javob qaytardi.
“Atrofimizdagi bo‘layotgan gaplarning barchasi tabiiydir. Bunga sabab bizning yetakchi ekanligimiz, ular oldin biz haqimizda ko‘p gapirmayotgandi.
Menimcha, hakamlar biron-bir tomonning foydasiga qaror chiqarmaydi. Biz yetakchi bo‘lganimiz uchun hakamlarga minnatdorchilik bildirishimiz kerakdek tuyulmoqda. Odamlar kamroq bo‘lmag‘ur narsalarni o‘ylab topishi kerak.
Mening gollarim — bu barqarorlik va yillar davomida qilingan tinimsiz mehnatning mukofoti. Men bundan mamnunman.
Jamoa o‘yinda biroz charchab qoldi, chunki biz har uch kunda o‘ynayapmiz. O‘sishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Biz o‘z o‘yinimizdan to‘liq qoniqish hosil qilmadik, ba’zi jihatlar bo‘yicha qiyinchiliklar ham bo‘ldi”, – deydi Ramos.
Mavzuga doir: Zinedin Zidan: Xuddi “Real” maydonda hech narsa qilmayotgandek, hamma faqat hakamlar haqida gapirmoqda
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)