O‘zbekistonda 25-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 97 kishida koronavirus aniqlandi va mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 7087 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
- 65 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
- 26 nafari Toshkent shahrida (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida — 19 nafar, aholi orasida — 7 nafar);
- 5 nafari Toshkent viloyatida (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida — 2 nafar, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida — 2 nafar, aholi orasida — 1 nafar);
- 1 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
25-iyun davomida 39 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Hozirgacha tuzalganlarning umumiy soni 4724 nafarga yetdi.
Kasallik asoratlari oqibatida shu kunga qadar 20 kishi vafot etgan.
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1000 nafarga o‘sishi uchun necha kun kerak bo‘ldi?
- 1 dan 1000 gacha — 30 kun (15-martdan 14-aprelgacha)
- 1000 dan 2000 gacha — 15 kun (14-apreldan 29-aprelgacha)
- 2000 dan 3000 gacha — 23 kun (29-apreldan 22-maygacha)
- 3000 dan 4000 gacha — 14 kun (22-maydan 5-iyungacha)
- 4000 dan 5000 gacha — 9 kun (5-iyundan 14-iyungacha)
- 5000 dan 6000 gacha — 6 kun (14-iyundan 20-iyungacha)
- 6000 dan 7000 gacha — 5 kun (20-iyundan 25-iyungacha)
Izoh (0)