May oyi oxirida Toshkentda shahar aholisi va mehmonlarining maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlarga ega yangi park zonasi ochildi, deb yozadi “Afisha.uz”.
Sergeli tumanidagi 10 gektar yashil hududda bog‘ hamda zamonaviy gullar markazi joylashgan.
Flowers Garden Park’da zarang, magnoliya, qora qarag‘ay, fotiniya va yana 25 turdagi dekorativ daraxtlar ekilgan. Bundan tashqari bog‘da gazon yotqizilgan bo‘lib, “yashil hayvonlar” o‘rnatilgan.
Shuningdek, bog‘da ko‘chatlar xiyoboni ham bo‘lib, har bir ko‘chat oldida u haqdagi ma’lumot yozib qo‘yilgan.
Bog‘da kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan attraksionlar hamda o‘yin maydonchasi ham borligi tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratadi.
Izoh (0)