• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sovet-yapon urushidan Ikkinchi jahon urushigacha. Ikki urush ishtirokchisi Fayzulla Norxo‘jayevning harbiy faoliyati haqida

    Har yili “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yurtimizda Vatan ozodligi, erki va tinchligi uchun kurashgan, bu yo‘lda jon fido etgan insonlar, ularning jasorati xotirlanib, hurmat bajo keltiriladi. Ularning mardligi, fidoyiligi yosh avlodga ibrat sifatida yodga olinadi. O‘zbekistonda nafaqat Ikkinchi jahon urushida, balki mazkur urushgacha bo‘lgan yillarda ham qator harbiy harakatlarda ishtirok etgan harbiy mutaxassislarimiz borligi ko‘pchilikka ma’lum emas. “Daryo” tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Erkin Radjabovning ana shunday o‘zbek harbiy kadrlaridan biri hisoblangan Fayzulla Norxo‘jayev hayoti va harbiy faoliyati haqidagi maqolasini havola etadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Fayzulla Xo‘jayevich Norxo‘jayev 1911-yil 25-noyabrda Namangan viloyati Chust tumanining Qiziltepa qishlog‘ida oilaning o‘n uchinchi farzandi bo‘lib tug‘iladi. Ota-onasidan erta yetim qolgan qahramonimiz 1923-yilda bolalar uyiga qabul qilinadi. Oradan ikki yil o‘tib, 1925-yilda u Buxoro harbiy maktabiga qabul qilinadi. Mazkur maktab keyinchalik (F.Norxo‘jayev qabul qilingandan 6 oy o‘tgach) Farg‘onaga ko‘chiriladi. Keyinchalik Farg‘onadagi harbiy tayyorgarlik maktabi ham yopilib, maktab tarqatilib, uning o‘quvchilari qatori Fayzulla Norxo‘jayev ham Toshkentga olib kelinadi.

    U yangidan imtihon topshirib Toshkent harbiy maktabi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi, sobiq Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti)ga qabul qilinadi. Bo‘lg‘usi general o‘zining 1982-yilda yozgan “50 yil jangovar postda” nomli kitobida harbiy maktabiga qabul jarayonida ona tilidan imtihonni o‘sha vaqtda V.I.Lenin nomli harbiy maktab (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi, sobiq Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti)da ona tilidan kursantlarga dars bergan mashhur o‘zbek ma’rifatparvari va pedagogi Abdulla Avloniy (1878–1934) olganini eslab o‘tadi.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Fayzulla Norxo‘jaev mazkur maktabda Abdulla Avloniydan tashqari so‘nggi Qo‘qon xonining harbiy nabirasi Said Azamatbek Xudoyorxonov (1888–1938)dan artilleriya nazariyasidan, M.V.Frunze nomidagi harbiy akademiyani bitirib kelgan T.Qirg‘izov (1899–1938) dan esa taktikadan dars olgan.

    Fayzulla Norxo‘jaev artilleriya divizionining 2-batareyasiga qabul qilinib, besh yil davomida ushbu batareyada tahsil oldi. 1931-yilda harbiy maktabni tamomlab, ishchi-dehqon qizil armiyasining komandiri sifatida dastlab Kushka va Ashxabodda artilleriya vzvodi komandiri vazifasida ishladi. Keyinchalik esa Xitoy-Sovet chegarasida yuz bergan qurolli mojaro tufayli Uzoq Sharqdagi vaziyat chigallashdi.  Sovet hukumati Uzoq Sharq chegarasi mudofaasi uchun zaruriy chora sifatida Toshkent shahrida Uzoq Sharqqa yuboriladigan maxsus artilleriya divizioni tuziladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Fayzulla Norxo‘jayev shu divizionga olishlarini so‘rab polk komandiriga murojaat qiladi va u divizion tarkibiga kiritiladi. Uzoq Sharqda uni kichik, ammo juda muhim garnizonga komandir etib tayinlaydilar hamda Xitoy chegarasida mustahkam mudofaa obyekti qurish vazifasi topshiriladi. U 1935-yilgacha Uzoq Sharqda xizmat qilib, keyinchalik o‘z harbiy qismiga qaytadi.

    1938-yil SSSR-Yaponiya munosabatalari keskinlashdi. Yaponiyaning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili 1938-yil 15-iyul tongida SSSR Tashqi ishlar komissarligiga kelib, sovet chegarachilarining Hasan ko‘li yaqinidagi tepaliklardan olib chiqib ketilishini talab qiladi. Hasan ko‘li va unga tutash tepaliklar o‘sha vaqtda sovet davlati hududi hisoblanib, 1938-yil 20-iyulda Yaponiya elchisi Mamoru Sigemitsu (1887–1957) Hasan ko‘li hududiga bo‘lgan yapon hukumati da’vosini takrorlab, agar sovet hukumati mazkur talabga rad javobini bersa Yaponiya kuch ishlatishini, SSSRga qarshi harbiy harakatlar boshlashi haqida ogohlantiradi.

    Yaponiyaning talabi SSSR tomonidan rad etilgach, Yaponiya harbiylari 1938-yilning 29-iyul kuni kunduzi soat to‘rtda chegaradagi qismlariga Zaozernaya tepaligidan hujum qiladi. 31-iyulda esa yaponlar Hasan ko‘li hududida 19-piyoda diviziyani harakatga keltirib, Fayzulla Norxo‘jayev xizmat qilayotgan 85-alohida artilleriya bo‘linmasining o‘quv batareyasiga qo‘qqisdan hujum qildi. Fayzulla Norxo‘jaev 85-alohida artilleriya bo‘linmasining o‘quv batareyasi komandiri sifatida Hasan ko‘li hududidagi jangovar operatsiyalarda ishtirok etadi. Qattiq otishuvlardan so‘ng yaponlar tomonidan Zaozernaya va Bezimyannaya tepaliklari egallanadi.

    Keyinchalik qarshi hujum natijasida ushbu hududlar Yaponiyadan qaytib olingach, 1938-yil 10-avgustda Yaponiya elchisi Mamoru Sigemitsu yana SSSR Tashqi ishlar xalq komissarligiga tashrif buyurib, muzokaralar boshlash haqida taklif kiritdi. 1938-yil 11-avgustdan Hasan ko‘li bo‘yidagi harbiy harakatlar to‘xtatildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 1938-yil Hasan ko‘li bo‘yidagi harbiy harakatlar SSSR Qurolli kuchlari uchun birinchi jiddiy sinov bo‘ldi. Ayni shu urush sababli sovet qo‘shinlari aviatsiya va tanklardan foydalanish, artilleriya yordamini tashkil etish bo‘yicha katta harbiy tajribaga ega bo‘ldi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Harbiy harakatlar davomida SSSRdan 15 mingdan ortiq kishi, 1 014 ta pulemyot, 237 ta qurol, 285 ta tank, 40 ta va 32 ta o‘qchi bo‘linmalar, 2 ta alohida mexanizatsiyalashgan brigada, 39-o‘qchi bo‘linma, 121 ta otliq va 39 ta korpusli artilleriya polki ishtirok etgani Hasan ko‘li atrofidagi jang ko‘lami haqida tasavvur uyg‘otishga yordam beradi.

    Ikkinchi jahon urushi boshlangach, Fayzulla Norxo‘jayev turli harbiy qismlar tarkibida front harakatlarida va ko‘plab muhim jangovar topshiriqlarda ishtirok etdi. 1941-yil noyabr oyidan 1943-yil martigacha 63-armiya 94-Mustaqil o‘qchi divizioni bilan urush harakatlarida qatnashdi. Shuningdek, nemis bosqinchilaridan  Moskva va Smolensk shaharlari himoyasida, Moskva atrofi shaharlarini dushmandan ozod etishda, Stalingrad qamalida va undan chiqish uchun olib borilgan jangovar harakatlarda qatnashdi.

    Fayzulla Norxo‘jayev 18-gvardiyachi o‘qchi korpus, 3-gvardiyachi armiya bilan birgalikda janubiy-g‘arbiy front hamda Ukraina hududlarini dushman qo‘shinlaridan tozalashda faol ishtirok etdi. Artilleriya korpusi shtabining boshlig‘i sifatida u xizmat qilgan bu harbiy tuzilmalar Kamenka, Voroshilovgrad (hozirgi Lugansk shahri – R.E.), Krasniy Liman, Lisichansk kabi shaharlarni dushmandan ozod qildi.

    1943-yil mayidan 107-zambarakchi-artilleriya polki 1-gvardiyachi qo‘shin qo‘mondoni sifatida Donbass, Zaporojye, Dnepropetrovsk kabi shaharlarni nemis qo‘shinlaridan ozod etish uchun janglarda qatnashdi. 3-Ukraina fronti 152-gvardiyachi qiruvchi polk qo‘mondoni lavozimida bir qator harbiy operatsiyalarda rahbarlik qilib, Odessa, Bobruysk, Brest, Slutsk kabi shaharlarni ozod etishda ishtirok etdi.

    Fashist Germaniyasi bilan hal qiluvchi janglarda u 1-Belorussiya frontining 278-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki 5-zarbdor qo‘shinga qo‘mondonlik qildi. Visladagi nemis mudofaasini yorib o‘tishda, Polshaning Varshava, Lodz, Bigdosh kabi shaharlarni nemis bosqinchilaridan ozod etish, Odra daryosini kechib o‘tish, Berlinni egallash uchun olib borilgan opertsiyalarda ishtirok etdi.

    Fayzulla Norxo‘jayev ellik yil mobaynida SSSR qurolli kuchlari saflarida, bir qator yuqori harbiy rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qildi. Jumladan, 1941–1942-yillarda u o‘zbek artilleriya brigadasining boshlig‘i, 1942–1952-yillarda esa tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki va brigadasi qo‘mondoni, 1952–1959-yillarda artilleriya diviziyasi rahbari, Raketa qo‘shinlari hamda Shimoliy harbiy artilleriya guruhi rahbari o‘rinbosari (1961–1964), Turkiston harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari (1964–1973) kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritdi.

    1958-yilda general-mayor, 1972-yilda esa artilleriya general-leytenanti harbiy unvonlari bilan mukofotlandi. Fayzulla Norxo‘jayev faqatgina harbiy sohada emas, balki nafaqadaligi chog‘ida ham O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda juda faol ishtirok etdi. 1971–1980-yillarda u O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 8–9 chaqirig‘i deputati, 1974–1982-yillarda tarixiy va madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash respublika jamiyati rahbarining o‘rinbosari, 1982-yilda urush faxriylari qo‘mitasining Toshkent bo‘limi raisi kabi vazifalarda faoliyat ko‘rsatdi.

    O‘zining uzoq va sharafli faoliyati mobaynida Fayzulla Norxo‘jayev harbiy mahorati, Ikkinchi jahon urushining jang maydonlarida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun uch marta “Suvorov”, 1-darajali “Ulug‘ Vatan urushi”, Polsha Respublikasining “Jasorat xochi” , “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavaning ozod etilgani uchun”, “Berlinning olingani sharafiga” kabi orden, medallar bilan taqdirlangan bo‘lsa, Ikkinchi jahon urushi tugagach,  “Lenin”, “Qizil Bayroq” (4 marta), “Qizil yulduz”, “Hurmat belgisi” kabi ordenlar hamda boshqa bir qator medallar bilan taqdirlandi.

    Fazulla Norxo‘jayev 1983-yil 72 yoshida vafot etdi. U Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” qabristoniga dafn etilgan.

     

    24.06.2020, 16:27   Izoh (0)   32034
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda 92 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 12:22

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Qo‘shrabot tumanidagi o‘quvchilar uchun 17 ta maktab avtobusi taqdim etildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 12:09

    “Liverpul” egasi bo‘lgan Fenway Sports Group La Liga klubini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Sport | 20 iyun, 12:05

    MIBdan salkam 19 mlrd so‘m qarzdorligi bor Xorazm viloyati hokimligi 1,7 mlrd so‘mga qimmatbaho avtomobillar xarid qilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 11:57

    O‘n kunligida ajralgan xitoylik egizaklar haqiqatni bilmasdan eng yaqin dugonaga aylandi

    Qo‘ziqorin | 20 iyun, 11:34

    “O‘zbekistonda” 21-iyun kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.