• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 22-iyun kuni 146 kishida koronavirus aniqlandi. Barcha holatlar Toshkent shahri va viloyatida qayd etildi

    O‘zbekistonda 21-iyun soat 23:00 dan 22-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 146 ta holat qayd etildi. Bu oxirgi 4 kun ichidagi eng past ko‘rsatkich. 19-iyunda 179 kishida, 20-iyunda 207 kishida va 21-iyunda 162 kishida kasallik aniqlangandi. 22-iyunda qayd etilgan yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6461 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 136 nafari karantin muassasalarida;
    • 5 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 4 nafar, Toshkent viloyatida — 1 nafar);
    • 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (ularning bari Toshkent viloyatida) aniqlangan.
    Kun davomida aniqlangan 146 ta holatning barchasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qayd etildi. Iyun oyida hali bunaqasi kuzatilmagandi.

    Aholi orasida kasallanish holati avvalgi kunlarga nisbatan ancha past bo‘ldi — kun davomida 5 ta holat qayd etildi. Ushbu holatlarning 4 tasi poytaxtda, bittasi Toshkent viloyatida aniqlandi. Oxirgi marta 13-iyun kuni aholi orasidagi yangi kasallanish holatlari 5 tani tashkil etgandi. Ammo o‘sha kuni kasallanganlarning umumiy soni 97 nafarni tashkil etgandi.

    22-iyun kuni O‘zbekistondagi tuman va shaharlar epidemiologik toifalari yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. 20-iyun holatiga ko‘ra berilgan ro‘yxatda Toshkent shahri “sariq”ligicha qoldi.

    Mavzuga doir: Andijon va Farg‘ona — “yashil”, Toshkent “sariq”ligicha qoldi. O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi hududlar ro‘yxati yangilandi

    22-iyun kuni Respublika maxsus komissiyasining yangi qarori ham e’lon qilindi. Unga muvofiq, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarni blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilandi.

    Maxsus komissiya hududlardagi bozorlar dezinfeksiya uchun haftada bir marta yopilishini ma’lum qildi. Supermarket va boshqa yirik do‘konlarda sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytirilib, ushbu obyektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda ushbu majmualarga kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish talablari belgilanmoqda. Fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida supermarket va boshqa yirik do‘konlarga kirishda ularni bepul qo‘lqop bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda.

    Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan jamoat transportida va tadbirkorlik subyektlarida sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga jamoat joylarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari (reydlar)ni muntazam ravishda kuchaytirilgan tartibda tashkil etib borish yuklatildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hududda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilandi. Bunda tegishli hududda karantin talablarini ta’minlamaganligi tufayli fuqarolarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

    Kasallikdan davolanish

    22-iyun davomida 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Ulardan 61 nafari Toshkent shahridagi, 7 nafari Namangan viloyatidagi va 6 nafari Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6461 nafar bemordan 4450 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich ikki kundan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda.

    Ayni vaqtda shifoxonalardagi 1992 nafar bemordan 1606 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 386 nafar bemor mamlakatning 9 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Qoraqalpog‘istonda 6, Andijonda 11, Surxondaryoda 19, Namanganda 25, Samarqandda 26, Buxoroda 35, Xorazmda 42, Navoiyda 52 va Qashqadaryoda 170 nafar bemor qoldi. Jizzax va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlar soni 1 milliondan oshdi

    Ahvoli og‘ir bemorlar va o‘lim holatlari

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1992 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval bilan taqqoslaganda, ahvoli og‘ir bemorlar soni 4 nafarga, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 1 nafarga ko‘paydi. Ahvoli o‘rta og‘ir bemorlar esa 100 nafardan ortiqni tashkil etadi.

    15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. 19-bemorning vafoti haqida 10-iyun kuni xabar berilgandi. Shundan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi o‘lim holatlari haqida xabar bermadi. Ammo Surxondaryo viloyatining Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibatov 21-iyun kuni tuman aholisiga qilgan murojaatida 20-iyun kuni tumanda bir kishi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Hokimning aytishicha, koronavirusdan vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan 187 nafar fuqaro karantinga olingan. Ularning 6 nafarida COVID-19 kasalligi aniqlangan, yana bir necha fuqaro kasallikda gumon qilinmoqda.

    Hokim ishtirokidagi videolavha Denov tumani hokimligining Telegram’dagi kanalida e’lon qilinib, so‘ngra o‘chirib tashlangan, ammo bungacha videolavha internetda tarqalishga ulgurgan. Uni mana ushbu havolada ko‘rishingiz mumkin.

    Sog‘liqni saqlash vazirining matbuot kotibi, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev Denovda koronavirusdan o‘lim holati qayd etilganini tasdiqlamagan.

    Shunga o‘xshash holat avvalroq Qashqadaryoning Kitob tumani bilan ham sodir bo‘lgandi. 9-may kuni Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytib kelgan 57 yoshli kitoblik fuqaro N.O. Toshkent viloyatidagi karantin markazida tibbiy kuzatuvga olingan. 10-may kuni Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan. Diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. U 29-may kuni Kitob tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan. 31-may kuni o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay vafot etgan. Koronavirusda gumonlangan marhum bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar ehtiyot chorasi sifatida statsionar va uy karantiniga olingan. Kitob tuman hududi to‘liq karantinga yopilgan.

    1-iyun kuni SSV 31-may kuni olingan surtma namunalarida ham koronavirus aniqlanmagani, 57 yoshli bemor yondosh kasalliklar tufayli vafot etganini ma’lum qilgandi.

    Oradan 16 kun o‘tib — 17-iyun Kitob tumani hokimligining Telegram kanali tumanda koronavirusga chalinganlar soni 25 nafarga yetganini ma’lum qildi.

    “Hozirgi paytda jami kasallanganlar soni 25 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 17 nafari tibbiyot xodimlari, qolgan 8 nafar fuqaro, Toshkentdan og‘ir ahvolda Kitobga, ya’ni uyiga qaytib kelib, tez yordam mashinasi orqali shoshilinch ravishda tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan, barcha tibbiy yordam choralari ko‘rilishiga qaramay, kasallikning og‘ir alomatlari tufayli vafot etgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlaridir”, — deyiladi xabarda.

    SSV ushbu ma’lumotlardan keyin ham koronavirusdan vafot etgan bemorlar soniga o‘zgarish kiritmadi. “Daryo” Sog‘liqni saqlash vazirining matbuot kotibi Furqat Sanayevdan Kitobdagi holat bo‘yicha izoh so‘ragan. Biroq bir necha kundan buyon bu borada javob ololgani yo‘q.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 35 690 nafar, statsionar karantinda esa 22 614 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 1624 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 198 nafarga kamaydi.

    Xorijdan O‘zbekistonga kirib keladigan fuqarolar 14 kunlik karantinga joylashtiriladigan Yuqori Chirchiq tumanidagi “O‘rtasaroy” karantin markazida o‘z joniga qasd qilgan fuqaro bo‘yicha Bosh prokuratura qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, farg‘onalik 42 yoshli S.S. 15-iyun kuni Moskvadan Toshkentga charter reys bilan kelgan. U “O‘rtasaroy”dagi karantin markazidagi konteynerga uch kishi bilan birga joylashtirilgan. O‘zini koronavirusga chalingan deb gumon qilgan S.S. sheriklariga kasallikni yuqtirib qo‘yishdan xavfsiragan va ular bilan bir xonada turishni istamagan. Shundan so‘ng uni alohida xonaga joylashtirishgan. S.S. 20-iyun kuni o‘zi yotgan xonaga o‘rnatilgan konditsionerning tashqi tomondagi parragiga choyshab bilan o‘zini osganligi oqibatida vafot etgan.

    Bu orada Respublika maxsus komissiyasi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning xohishiga ko‘ra, 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazish huquqi berilishi haqida qaror chiqardi. Endi fuqarolar 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

    Fuqarolar karantin nazorati davrini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.

    Respublika maxsus komissiyasi avvalroq koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlar ro‘yxatiga BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlarini kiritgandi. Ushbu hududlardan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanishi kerak.

    22.06.2020, 23:45   Izoh (0)   110424
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana 60 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 6461 nafarga yetdi

    22.06.2020, 23:26

    Xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun yana 21 ta reys amalga oshiriladi

    22.06.2020, 23:21

    “Yashil” hudud maqomidagi Andijonda 462 ta xususiy bog‘cha o‘z faoliyatini boshladi

    22.06.2020, 23:09

    O‘zbekiston viloyatlari hokimlariga turizm va sport masalasi bo‘yicha o‘rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etiladi

    22.06.2020, 22:57

    Qashqadaryoda sotuvchi telefon sotib olgan xaridorni 50 ming so‘m qarz uchun urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

    22.06.2020, 22:41

    “O‘zgidromet” 23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    22.06.2020, 22:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.