Qozog‘istonda yashin urishi oqibatida Qarag‘ay viloyati Karkarali tumanida 69 bosh ot nobud bo‘ldi. Bu haqda 20-iyun kuni Liter.kz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, otlar Jarli qishlog‘i yaqinidagi daryo bo‘yida o‘tlayotgan bo‘lgan. Halok bo‘lgan otlar daryodan topilgan. Hodisa oqibatida 20 bosh toy va 49 bosh ot o‘lgan.
https://www.instagram.com/p/CBo9IcZhqf6/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_video_watch_again
“Afsuski, tabiiy hodisa yuz berdi. Bunday holatlarda davlat zararni qoplab bermaydi, chunki bu tabiiy ofat. Umuman olganda, momaqaldiroq paytida mollarini tashqariga olib chiqish xavflidir”, — degan Karkarali tumani rasmiylari.
Nashrning yozishicha, qishloq aholisi qashshoqlik yoqasida, chunki ularning oilalarini chorva mollari boqadi. Ayni paytda ular zarar miqdorini hisoblab chiqmoqda. Yaqin kunlarda nobud bo‘lgan otlar yo‘q qilinishi qayd etilgan.
Izoh (0)