Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida esa 1 nafar, jami 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, 20-iyun kuni o‘z uylariga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Tuzalganlarning 5 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 60 yoshda, eng kichigi esa 2020-yilda tug‘ilgan.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2215 nafarga yetdi.
Shunday qilib, ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 6119 nafar bemorning 4290 nafari sog‘aydi. Bemorlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)