Tabiiy go‘zallikka erishish uchun 47 marta plastik operatsiya qildirgan ayolning nomi Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilgan, deb yozadi Daily Mirror.
Sindi Jekson 1987-yildan beri 14 marta plastik jarrohlikka murojaat qilgan. 2005-yilda esa u eng ko‘p plastik operatsiya qildirgan inson sifatida Rekordlar kitobiga kiritilgan.
Jeksonning aytishicha, o‘tgan vaqt ichida u yana bir nechta plastik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, biroq ular haqida gapirishni istamaydi. Ayol eng ko‘p plastik operatsiya qildirgan inson maqomi boshqa rekordchiga berilishiga umid bildirgan.
Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, odamlar Ginnesning rekordlar kitobini “xunuk odamlar sirki” deb hisoblaydi, shuning uchun u o‘zini u yerda ko‘rishni istamaydi.
“Men har doim tabiiy ko‘rinishga intilganman. Fikrimcha, agar plastik operatsiya natijasi tabiiy ko‘rinishni bera olmasa, u muvaffaqiyatsiz chiqqan bo‘ladi”, — deydi Sindi.
Izoh (0)