Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida tadbirkorlar ham faol ishtirok etmoqda.
Pandemiya sharoitida daromadi bo‘lgan ba’zi oilalar ham o‘z daromadidan ayrilib, pulga muhtojligi sezilib qolgani hech kimga sir emas.
Shunday murakkab vaziyatda xalqimiz va davlatimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Grand Pharm Trade kompaniyasining ham sharafli burchidir.
Kompaniya vakillari yurtimizning chekka tumanlarda bo‘lib, ana shunday ko‘plab oilalarga yordam qo‘lini cho‘zdi. Kompaniya mart oyining oxirida qariyb 8000 oila, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 2000, Andijon vilotidagi 1000, Buxoro viloyatidagi 1000, Namangan viloyatidagi 1000, Surxondaryo viloyatidagi 1500 va Toshkent viloyatidagi 1500 oilaga oziq-ovqat va moddiy yordam ko‘rsatdi.
Aprel oyining oxirida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati o‘z faoliyati boshladi. Ushbu kompaniya aksiyadorlari 5000 oilani uch oyga vasiylikka oldi, ulardan 2000 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 869 tasi Andijon viloyatidan, 531 tasi Namangan va 1600 tasi Toshkent viloyatidandir.
Bundan tashqari, 52 nafar kishi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi.
Mahalliy hokimiyat organlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakillari haqiqatan ham yordamga muhtoj oilalarni topishda kompaniyaga yaqindan yordam berdi.
Kompaniya tomonidan may oyida besh milliard so‘m ajratildi. Uning 2020-yil 25-iyun—25-iyul kunlari uchun ajratgan 10 milliard miqdorida navbatdagi yordami ham tez orada ehtiyojmandlarga topshiriladi.
Eng muhimi shuki, mamlakatimiz tadbikorlari Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati faoliyatini qo‘llab-quvvatlash barobarida unga yelkadosh bo‘lib, shunday sinovli kunlarda O‘zbekiston xalqiga foydasi tegayotganidan mamnun ekani nihoyatda quvonarlidir.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)