Koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan futbol bo‘yicha Italiya chempionatining qayta tiklanishdan keyingi dastlabki o‘yinlari 20-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu kuni va ertasiga, 21-iyun sanasida 25-turdan o‘rin olgan to‘rtta qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ushbu holatda chempionatdagi barcha jamoalar 26 tadan o‘yin o‘tkazgan bo‘ladi.
Ayni paytda liga 35-turgacha bo‘lgan taqvimni e’lon qilgan. Chempionatning so‘nggi uchrashuvini 23-iyul sanasida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
20-iyun sanasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:
“Torino” — “Parma”
“Verona” — “Kalyari”
21-iyun sanasidagi uchrashuvlar:
“Atalanta” — “Sassuolo”
“Inter” — “Sampdoriya”.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)