Toshkentning Chilonzor tumanidagi ayrim binolar devorlarida @inkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan rassom tomonidan chizilgan graffitilar paydo bo‘ldi, deb yozadi Sputnik.
Rassomning ijod namunalari koronavirus pandemiyasiga bag‘ishlangan.
Tibbiy niqob, farishta qanotli shifokor surati, niqob taqqan Mona Liza, kislorod niqobini ushlab turib, bemorlarga yordam berishga shay turgan shifokor aks etgan “Ko‘z” nomli rasmlar shular jumlasidandir.
Ma’lumot uchun, graffitilar imoratlarning devorlari va idishlar sirtiga tirnash yo‘li bilan chizilgan qadimiy yozuv, naqsh va suratlar bo‘lib, italyan tilidan tarjima qilinganda “tirnalgan” degan ma’noni anglatadi.
Graffitilar qadimiy odamlarning kasbi, qiziqishi, san’ati, turmush tarzi to‘g‘risida muhim ma’lumotlarni saqlab qolgan. Graffitilar qadimiy qabilalarning jonli tilini bilishga imkon beradi. U paleografiya fanini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega.
Izoh (0)