“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan koronavirus pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzdi, deya xabar qilmoqda Diario Sport.
Ta’kidlanishicha, fransiyalik mutaxassisni Madrid yaqinidagi qishloqda ko‘rishgan. U bir yilcha avval sotib olgan uyiga borgan.
Koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida o‘ta muhim shaxsiy sabablar bo‘lmasa Ispaniyada shaharlararo qatnovlar taqiqlangan.
Agar Zidan karantin qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, uni 1500 yevro miqdoridagi jarima kutmoqda.
Mavzuga doir: Yaqinda koronavirusni yengib o‘tgan Hadson-Odoi karantin qoidalarini buzganligi sabab hibsga olindi
Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches La Liga mavsumi 8-iyundan davom ettirilishini ma’lum qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)