“Leypsig” hujumchisi Timo Verner Germaniya Bundesligasi 27-turidan o‘rin olgan “Mayns”ga qarshi kechgan bahsda (5:0) het-trik qayd etdi.
24 yoshli futbolchi Bundesliga 1998/99-yilgi mavsumidan buyon ilk bor bir mavsumda bitta jamoa darvozasiga ikki o‘yinda ham uchtadan gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. “Mayns”ga qarshi kechgan birinchi davradagi o‘yinda (8:0) Verner uchta gol urgandi.
Vernerga qadar Bundesligada ushbu natijaga uch nafar futbolchi erisha olgan: Ulf Kirsten 1998/99-yilgi mavsumda “Borussiya M”ga qarshi o‘yinlarda, Gerd Myuller 1974/75-yilgi mavsumda “Fortuna”ga qarshi o‘yinlarda va Lotar Emmerix 1965/66-yilgi mavsumda “Borussiya M”ga qarshi o‘yinlarda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)