O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda Ramazon Hayitining birinchi kuni 2020-yil 24-may, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilindi.

“Shunga ko‘ra, 24-may, yakshanba kuni zuho namozi Toshkent vaqti bilan 5:20 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi”, — deyiladi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi axborotida.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

“Alloh taolo Ramazon Hayiti kunidagi zuho namozimizni barchamizdan qabul aylab, bu kunning sharofati bilan yurtimizni fayzu barakotga to‘ldirsin!”, — deya qo‘shimcha qilingan idora xabarida.