Britaniyalik bloger Kris Dikson o‘zining Myaunuel Noyer laqabli mushugi darvoza tomon yo‘llanayotgan zarbalarni qay tariqa bartaraf etayotganini namoyish qildi. Darvoza tomon 11 marta zarba yo‘llagan bloger biror marta ham gol ura olmagan.
“Mushukni Myaunuel Noyer deb atab xatoga yo‘l qo‘yganimni bilardim”, — deya videoga izoh qoldirgan Kris.
Myaunuel ijtimoiy tarmoqlarda tezda mashhurlikka erishdi. Uning seyvlari “Bavariya” klubiga ham yoqqan. Myunxenliklar klubi videoni o‘z Twitter’iga joylagan holda, mushukning harakatlarini aqlbovar qilmas deb atagan.
Qizig‘i shundaki, ertasi kuni “Bavariya” darvozabon Manuel Noyer bilan 2023-yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Tomonlar uzoq vaqtdan buyon kelishuvga erisha olmayotgandi. Darvozabon va uning agenti bir necha bor “Bavariya”ni tark etish ehtimoli haqida gapirgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)