• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Uolkottdan Uilshergacha. Ishonchni oqlamagan ingliz futboli vunderkindlari haqida

    Deyarli har mavsum ingliz futbolida matbuot va har xil tahlilchilar tomonidan yuksaklarga ko‘tariladigan futbolchilar paydo bo‘ladi. Biroq haqiqat shundan iboratki, birgina shartli ravishda Ueyn Runi yoki Stiven  Jerrardning o‘rniga o‘nlab salohiyatini to‘liq namoyon eta olmagan futbolchilar to‘g‘ri keladi. Quyida aynan mana shunday ishonchni oqlolmagan ingliz vunderkindlari haqida so‘z boradi.

    Teo Uolkott

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    31 yoshni urib qo‘ygan Teo Uolkotning faoliyatini muvaffaqiyatsiz deb atash biroz qiyin, ammo undan hozirgacha erishganidan ko‘ra ko‘proq narsa kutilgandi. “Arsenal” 2006-yilning yanvar oyida Uolkottning transferi uchun “Sauthempton”ga 10 million yevrodan ko‘proq pul to‘laganida va bir necha oydan so‘ng u Angliya terma jamoasida debyut qilib, Germaniyadagi mundialga yo‘l olganida, matbuotda Britaniya futbolida yangi yulduz paydo bo‘lgani haqida bong urila boshladi.

    Teoning tezligi tahsinga loyiq edi, go‘yo aynan shu va shunga o‘xshash xususiyatlari uni muvaffaqiyat sari yetaklagandek taassurot uyg‘otadi. Uolkott esa oxir-oqibat Premyer Liga darajasidagi o‘rtamiyona futbolchiga aylandi. 2018-yilda “to‘pchilar” Teoni “Everton”ga sotib yubordi va u hozirgacha o‘sha yerda to‘p surib kelmoqda. Shubhasiz, 14 yil avval ko‘pchilik Uolkottning kelajagini ancha yuqori baholagandi.

    Reyvel Morrison

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Manchester Yunayted” akademiyasi tarbiyalanuvchisi o‘z yosh toifasida ingliz futbolining asosiy figuralaridan biri hisoblangan. Ammo noto‘g‘ri yondashuv Morrisonni birinchi bo‘lib, “qizil iblislar” lagerini tark etishiga olib keldi, Manchester klubi futbolchi bilan shartnoma muddati tugashidan olti oy oldin hamkorlikni uzaytirish niyati yo‘qligini bildirgandi, keyin esa Reyvel turli jamoalarda darbadarlikda yurdi.

    Morrison atigi 27 yoshda bo‘lishiga qaramay, Italiya, Shvetsiya va hatto geografik jihatdan Tumanli Albiondan ancha uzoq bo‘lgan Meksika chempionatlarida ham o‘ynashga ulgurdi. Ayni damda uning transfer huquqi “Sheffild Yunayted”ga tegishli, o‘zi esa Chempionshipning “Midlsbro” klubida ijara asosida harakat qilmoqda.

    Jek Roduell

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Everton” akademiyasi bitiruvchisi Jek Roduell klubning Yevrokuboklar doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi hisoblanadi. Debyut o‘yinida Jek bor-yo‘g‘i 16 yoshda edi. Vaqt o‘tishi bilan u “Everton”ning asosiy tarkibiga kirishga ham muvaffaq bo‘ladi. Uning iqtidoriga “Manchester Siti” ham ishonib, uni 15 million yevroga sotib oladi. Biroq Roduell “shaharliklar” safida o‘tkazgan ikki yilida atigi 25 ta o‘yin o‘tkazib, ikki bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etadi.

    2014-yilning yozida “Manchester Siti” kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmagan Roduellni hech qanday ikkilanishlarsiz “Sanderlend”ga 12,5 million yevro evaziga qo‘yib yuboradi. Bu qaysidir ma’noda uning professional faoliyati tugaganidan darak berardi. Shundan so‘ng Roduell yarim yil o‘ziga jamoa topa olmadi. Hozirda esa u “Sheffild Yunayted”da zaxira o‘yinchisi hisoblanadi.

    Josh Makikran

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Angliya Premyer Ligasining haqiqiy muxlislari Josh Makikran ismli “Chelsi”ning yosh va iqtidorli o‘yinchisini hali unutmagan bo‘lsa kerak. Uni hatto italiyalik Karlo Anchelotti “ko‘klar”ning asosiy tarkibiga jalb etardi. O‘shanda ko‘pchilik uni uzoq yillar davomida “Chelsi”ning asosiy o‘yinchisi bo‘lishiga ishongandi, ammo vaqt hammasini o‘zgartirib yubordi.

    Uning o‘yini Luka Modrichni eslatib yuborardi. Josh ketma-ket ijaralardan keyin faoliyatini qutqarib qolish uchun 2015-yilning yozida “Chelsi”ni tark etishga majbur bo‘ladi va kamtarona “Brentford”ga yo‘l oladi. U yerda o‘rtamiyona o‘yin ko‘rsatadi. Natijada o‘tgan yilning yozida yarim himoyachi erkin agentga aylanadi. Afsuski, hech qaysi bir klub uning xizmatlariga ehtiyoj sezmaydi. Transfer oynasi yopilganidan bir necha oy o‘tgachgina, o‘ziga yangi klub topishga muvaffaq bo‘ladi, uni “Birminghem” o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu yerda ham u asosan zaxira o‘rindig‘ida qolib ketmoqda.

    Cherno Samba

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Cherno Samba yoshligida ancha shov-shuvli o‘yin namoyish etib, 13 yoshida bir mavsum davomida 32 ta o‘yinda 132 ta gol urgandi. Tabiiyki, o‘z akademiyasidan bunday olmos topilganidan “Milluoll” klubi xursand edi, ammo unga sayqal berish nasib etmadi.

    “Milluoll” Sambani “Liverpul”ga sotish borasida muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortgani sabab uning faoliyatini boshlanishidan avval tugagan deyish mumkin. Bunday qarordan so‘ng, Sambaning futbolga bo‘lgan ishtiyoqi so‘nadi. Shunga qaramay u Ispaniya, Angliya, Finlyandiya, Gretsiya va Norvegiya jamoalarida o‘ynashga muvaffaq bo‘ladi, 2013-yilda esa Samba hech kimga keraksiz bo‘lib qoladi. Ushbu maqomda u professional futbolni tark etganini ma’lum qildi. O‘sha paytda u atigi 30 yoshda edi.

    Mayka Richards

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Mayka Richards “Manchester Siti” himoyasining yangi qo‘rg‘oni bo‘lishiga umid qilingandi. Jamoaning sodiq ishqibozlari uchun futbolchilarning klub tarbiyalanuvchisi bo‘lish muhim edi. Mayka “Siti” tarbiyalanuvchisi bo‘lgani uchun unda bu borasida hech qanday muammolar bo‘lmagan. U himoyachi uchun kerak bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega edi – temp, kuch, ko‘p qirralilik va pozitsion futbol. Bu Maykaning himoyaning markazi va qanotida o‘ynashiga imkon berardi. Biroq jarohatlar Maykaning faoliyatiga katta ta’sir o‘tkazdi. U “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tadi. Biroq U yerda ham Maykaning omadi chopmaydi.

    2019-yilning yozida Mayka Richards “Aston Villa”ni tark etdi va 31 yoshida faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

    Maykl Jonson

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘z vaqtida Mixael Ballak bilan taqqoslagan Maykl Jonson o‘z salohiyatining yarmini ham namoyish eta olmadi. 16 yoshida u “Manchester Siti” akademiyasiga o‘tadi va Angliya yoshlar terma jamoasida bir nechta muvaffaqiyatli o‘yinlar o‘tkazadi. Shundan so‘ng Jonsonning iste’dodi haqida matbuotda jar solinadi. Bu shunchaki balandparvoz gaplar emasdi, haqiqatan ham u boshqalardan ajralib turardi.

    Afsuski, Mayka Richardsda bo‘lgani kabi jarohatlar Jonsonning faoliyatini izdan chiqarib yubordi. Maykl Jonson 25 yoshida futbolni tark etdi. Faoliyatining so‘nggi yillarida jarohatlari tufayli Maykl ruhiy tushkunlikka tushib qoladi va spirtli ichimliklarni iste’mol qila boshlaydi. Bundan tashqari uning vazni oshib ham ketadi. Jonsonning misolida ingliz futboli katta yo‘qotishlarga duch keldi. Agar hammasi boshqacha bo‘lganida, uning qay darajadagi futbolchi bo‘lishini tasavvur qilish oson bo‘lmasdi.

    Nil Reynjer

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ushbu o‘yinchining faoliyati boshidanoq yaxshi yakun topmasligi aniq edi. Boisi Nil bolaligida qurolli talonchilikda ishtirok etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgandi. Shu sababli “Kristal Pelas” akademiyasidan, keyinchalik “Sauthempton”dan haydaladi. Ammo u “Nyukasl”da o‘zining so‘nggi imkoniyatidan foydalanayotgandek tuyulardi. Nil haqiqatan ham yaxshi o‘yin namoyish etdi va 2009-yildan 2013-yilgacha 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi. Biroq unda intizom masalasi hamon oqsardi. Shu bois 2013-yilda “Nyukasl” Reynjerdan xalos bo‘lishni ma’qul ko‘rdi.

    Qonun bilan bog‘liq muammolar ham uni tark etmagandi. 2017-yilda Nil Reynjer firibgarlikda aylanib, bir necha oyni qamoqda o‘tkazadi. Shundan so‘ng faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ladi.

    Frensis Jeffers

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Everton” tarbiyalanuvchisi Frensis Jeffersning iqtidoriga boshqalardan kam baho berilmagandi. Hujumchi klub va Angliya U-21 terma jamoasida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi, shu sababli u “Arsenal”dan taklif oldi. “To‘pchilar” futbolchi uchun 15 million yevrodan ko‘proq sarfladi, ammo uch yildan so‘ng Frensis “Charlton” klubiga bor-yo‘g‘i 4 million yevroga sotib yuboriladi.

    Jeffersda tartib-intizom borasida hech qanday muammolar yo‘q edi. Uning faoliyati jarohatlar tufayli ko‘ngildagidek kechmadi. “Arsenal”dan ketganidan so‘ng u avvalgi darajasiga chiqa olmaydi. Futbolchilik faoliyatini 2013-yilda kamtarona “Akkrington Stenli”da yakunlab, “Everton”ga jamoatchilik asosida akademiyada ish boshlaydi. Keyinroq “Everton” U-23 jamoasi bosh murabbiyiga yordamchi etib tayinlanadi.

    Jek Uilsher

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Uilsher “Arsenal” akademiyasidan asosiy jamoaga o‘tgan mahal Angliyada “britan Inyesta”si paydo bo‘lgani haqida gapirildi. Jismonan baquvvat bo‘lmasa ham, yarim himoyachi boshqa xususiyatlari – maydonni ko‘ra olishi va o‘yinni a’lo darajada baholay olishi bilan bilan ajralib turardi. Shuningdek, uning to‘p uzatishlari ham tahsinga loyiq edi. Afsuski, jarohatlar Uilsherning zafar yo‘lida katta to‘siq bo‘ldi. To‘pig‘idagi muammolar tufayli Jek 2015/16-yilgi mavsumni deyarli o‘tkazib yubordi. Jarohatidan forig‘ bo‘lgach esa, u yana qaytalanadi.

    Katta yutuqlarga erishishi taxmin qilingan Uilsher 2018-yilning yozida “Arsenal”dan “Vest Hem”ga o‘tadi. Afsuski, u yerda ham yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayapti. Buning o‘rniga tez-tez lazaretda mehmon bo‘ladi. Uilsher hamon o‘tgan kuzda sonidan olgan jarohatini davolash bilan ovora.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    21.05.2020, 12:02   Izoh (0)   20021
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UFC’ning navbatdagi musobaqasi sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi

    21.05.2020, 11:00

    Ngolo Kante koronavirus sabab “Chelsi” mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi

    21.05.2020, 10:01

    Mane va Firminodan yangi soch turmagi, masofa saqlayotgan futbolchilar va devordan mo‘ralayotgan bolakay. “Liverpul” 2 oylik tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotlarga qayt...

    21.05.2020, 08:41

    Fotogalereya: Beyl “Sauthempton”da, Keyn — “Norvich”, Gvardiola esa “Roma”da. Futbol yulduzlari noodatiy libosda (2-qism)

    21.05.2020, 07:58

    UFC sharhlovchisi Jo Rogan Spotify bilan 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu podkast olamidagi eng yirik kelishuv

    20.05.2020, 21:51

    “Chelsi” afsonasi Frenk Lempardning londonliklar safidagi eng chiroyli gollari bitta sahifada (video)

    20.05.2020, 19:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

    Reklama | 17 may, 21:45

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.