“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Riveyra hududidan (Lissabon, Portugaliya) joy sotib oldi.
Portugaliyalik futbolchi Kashkayshdagi Kinta-da-Marinya hududidan 10 ming kvadrat metrlik joy uchun 8 million yevro sarflagan. Mazkur hududda uy qurilishi boshlangan. Biroq Ronaldu u yerda yashamoqchi emas.
“Bu investitsiya, uy emas. Futbolchi faoliyatini tugatgach bu yerda yashamoqchi emas”, — deydi vaziyatdan xabardor manba.
2019-yilda 35 yoshli hujumchi mamlakatdagi eng qimmat joy hisoblangan Lissabon markazidagi Avenida da Liberdade ko‘chasidan 7,5 million yevroga koshona sotib olgandi.
Mavzuga doir:
- “Abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo Krishtianuning tug‘ilishini xohlagan”. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya
- Ronalduning La Ligadagi eng chiroyli gollarini tomosha qiling (video)
- Krishtianu Ronaldu onasiga Mercedes-Benz sovg‘a qildi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)