Xalq deputatlari Muborak tuman kengashining 19-may kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida hududning yangi rahbari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Xabar berishlaricha, sessiyada so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev tuman hokimining vazifasini vaqtincha bajaruvchi — Ulug‘bek Ernazarovni jamoatchilikka tanishtirgan.
Ulug‘bek Ernazarov 2019-yildan buyon Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.Muborakning avvalgi hokimi G‘ayrat Jovliyev tumanda shifokorlar karantin vaqtida to‘y qilgani haqidagi shov-shuvlardan so‘ng ishdan olingan edi.
Jamoatchilik orasida “hokim paxta ekilmagan maydonlarga chigit ekildi deya yolg‘on ma’lumot bergani uchun ishdan ketgani” haqida gap-so‘z tarqaldi, biroq na bu, na u taxmin rasman tasdiqlangan emas.
Izoh (0)