Sky Sports nashri Buyuk Britaniyaning (mamlakat fuqarosi yoki davlat hududida yashovchi) 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat sportchilari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Real” hujumchisi Garet Beyl 114 million funt boyligi bilan ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Madridliklar safida qiyin mavsum o‘tkazgan uelslik futbolchining boyligi 2019-yil ichida 20 million funtga ko‘paygan va u 114 million funt bilan yetakchilikni saqlab qolgan.
Keyingi o‘rinda bokschi Entoni Joshua bormoqda. Joshua so‘nggi 12 oy ichida katta o‘sishga erishgan, u Endi Ruisga qarshi revansh jangidan so‘ng 58 million funt ishlab olgan.
Kuchli uchlikni “Manchester Yunayted”ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba yakunlab bergan (50 million funt).
Chempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli gollarni tomosha qiling!
30 yoshga qadar eng ko‘p pul ishlab topgan Buyuk Britaniyadagi sportchilar:
1. Garet Beyl (“Real”) — 114 million funt;2. Entoni Joshua (boks) — 107 mln;3. Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) — 50 mln;4. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — 34 mln;4. David de Xea (“Manchester Yunayted”) — 34 mln;6. Rahim Sterling (“Manchester Siti”) — 28 mln;7. Ngolo Kante (“Chelsi”) — 25 mln;8. Harri Keyn (“Tottenhem”) — 24 mln;9. Deniyel Starrij (klubsiz) — 22 mln;10. Jordan Henderson (“Liverpul”) — 21 mln.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)